Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə42/80
tarix25.12.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#196821
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
Axborot texnologiya

Nazorat savollari

  1. Arxiv nima?

  2. Arxivator nima?

  3. Qanday arxivator dasturlarni bilasiz?

  4. ARJ arxivatori haqida nima bilasiz?

  5. ZIP arxivatori ishlash tartibi qanday?

  6. WINDOWS uchun yaratilgan qanday arxivatorlarni bilasiz?

  7. WINRAR dasturi yordamchi tugmalari vazifalarini tushuntiring.

  8. WINRAR dasturi menyusining Fayl va Komand bo‘limlarini ta’riflab bering?

  9. WINRAR dasturi menyusining Izbrannoe va Parametr bo‘limlarni ta’riflab bering?



MAVZU: Viruslar va ulardan himoyalanish choralari. Antivirus dasturlari.

Darsning maqsadi: Talabalarga komyuter viruslari va ulardan himoyanish choralarini o’rgatish.
Darsning metodik ta'minoti: ma'ruza matni va prezentasiya
Reja:
1.Kompyuter viruslari haqida ma’lumot.
2. Kompyuter viruslaridan himoyalash.
3, Kompyuter viruslarining turlari.
4. Viruslardan himoyalanish.
5. Antivirus va arxivator dasturlar

Kompyuter viruslaridan himoyalash.


Kompyuter virusi - bu maxsus yozilgan dastur bo‘lib, u boshqa dasturlarga qo‘shilishi (ya‘ni uni zararlashi) shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi ham mumkin. Virus mavjud bo‘lgan dasturlar «zararlangan» deyiladi. Mavjud bo‘lgan viruslarning ko‘pchiligi yadro tizimli fayllarni afzal ko‘radilar, chunki ko‘p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. Masalan, viruslar aksariyat hollarda, Command.com fayliga birlashadilar va «Dir» buyrug‘i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladilar. Ko‘p hollarda tizimning zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro‘y beradi.
Kompyuterda viruslarning tarqalishi zararlangan biror fayl yoki dasturning ishlashi jarayonida yuzaga keladi. Kompyuterda ishlashdan avval xotiradagi ma’lumotlarning zararlanmaganligini tekshirish zarur bo‘ladi.
Kompyuterning viruslar bilan kasallanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi:
- kompyuterdagi virus bilan kasallangan dasturlar yuklanishi(com, bat yoki exe fayllar);
- moduli zararlangan dasturni ishlatilishi;
- kompyuterga virusli disketalarning yuklanishi;
- kompyuterga zararlangan OТ yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarini o‘rnatilishi va h.k.
Kompyuter zararlanganda, bir qancha g‘aroyib hodisalar yuz beradi:
- ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;
- ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;
- kompyuter ishlashi sekinlashadi;
- ba’zi bir fayllar buziladi;
- fayllarning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo‘shish hisobiga o‘zgaradi;
- operativ (tezkor) xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi;
- tizimli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi va h.k.
Viruslar, kompyuterda boshqaruvchining noto‘g‘ri ishlashi, yangi o‘rganuvchilarning noma’qul harakatlari tufayli paydo bo‘ladi va foydalanuvchiga katta zarar yetkazadi. Kup uchradigan viruslar WC.COM; TUBO; ONEHALF; CRAZI.DIE.HARD; CHERNOBIL; WIN95; DIR va xokazo viruslar mavjud.
Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:
 Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko‘rinishidagi fayllar.
Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar, shu fayl tegishli bo‘lgan dastur ishlaganda o‘z faoliyatini boshlaydi.
 Operatsion tizimning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisini zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay boshlaydi va u rezidentlik holatiga o‘tadi, ya‘ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi.
Viruslardan himoyalanish.
Himoyalanishning eng yaxshi turi - viruslarni qay tarzda ta‘sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar kabi bo‘lib, biror g‘aroyib kuchga ega emaslar. Shuning uchun ularni davolovchi dasturlar orqali yo‘q qilish mumkin.
Viruslarning tarqalishini oldini olish va quyidagi usullarni muntazam bajarib borish zarurdir:
 disketani o‘qitishdan avval albatta unda virus bor yoki yo‘qligini tekshirish;
 axborot nusxalarini ko‘chirish, shuningdek disklardagi va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan unumli foydalanish;
 disklarni jismoniy zararlanishidan, dasturlarni esa buzilishidan saqlash;
 axborotdan noqonuniy foydalanishni oldini olish;
 dastur va ma’lumotlarning viruslar ta‘sirida o‘zgarishidan, noto‘g‘ri ishlayotgan dasturlar va o‘rganuvchilarning noto‘g‘ri harakatlaridan himoya qilish;
 viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash;
 viruslarga qarshi maxsus antivirus dasturlaridan foydalanish;
Biz kompyuter virusini aniqlaydigan va davolaydigan bir qancha antivirus dasturlari Aidstest, Doctor Web, VirusScan, AVP; ANTIDIR, Norton Antivirus, Antivirus Kasperskogo Personal va shu kabilarni bilamiz. Quyida Doctor Web antivirus dasturi ishlatilishi bilan tanishamiz.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin