Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


TOVUSH VA HARFLARNI O'RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə73/80
tarix25.12.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#196821
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
Axborot texnologiya

TOVUSH VA HARFLARNI O'RGATISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI O’RGATISH
Har tomonlama etuk insonni tarbiyalash bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Hozirgi maktab o'rindiqlarida o'tirgan yosh avlod ertaga bizning qo'limizdan ishimizni oladigan, xayotimizni davom ettirib, o'zidan keyingi avlodga etkazuvchi vorislarimiz, O'zbekiston buyuk kelajagining egalaridir!
Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e'tiborini yosh avlod tarbiyasiga qaratmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bumday usul o'quvchilarni tayyor bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqazishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosoiy figuraga aylanadi.
Interfaol dars jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi, so'ngra sinfda xar tomonlama muxokama etiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchining sinfda o'zini erkin xis qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jixatdan qoniqtririshi lozim, ana shundagina u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Interfaol usullar xilma-hil bo'lib, qaysi metodni tanlash o'qituvchining o'tayotgan mavzusi, darsning maqsadi va vazifalariga bog’liq.
Interfaol mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot, hamkorlikda kechadigan jarayon.
Interfaol metodlarning qo'llanishi darslarda beixtiyor psixologik o'yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilda olingan bo'sh o'quvchilarni ham bir oz bo'lsa-da, o'z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo'lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi. O'quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo'llaniladigan usullarni to'g'ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun darsga, mavzuga qo'yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo'li, usuli puxta ko'rib chiqilishi lozim. Demak, o'qituvchi har bir foydalanadigan interfaol usulni o'quvchiga nima berishini oldindan ko'ra olishi va darsni to'g'ri tashkil qilishi kerak. Demak, siz qo'llanmoqchi bo'lgan interfaol usulini ko'rib bo'lgach, o'zingizga kerakli rasm, tarqatma material ko'rgazmailardan keragini qirqib olib konvertga solib qo’yishingiz, mavzularni o’rgatishda ishlatishingiz mumkin.
Interfaol uisullardan foydalanib o'tganda quyidagilarga etibor beraman.
l. O'quvchilar ishni bajarish uchun bilim, malaka, ko'nikmaga ega ekanligiga ishonch xosil qilaman.
2. Guruhda sust o'quvchilar va bilimi kuchli o'quvchilar teng bo'lishiga e'tibor beraman.
3. Jamoa bo'lib o'rganish yoki muxokama vaqtida shovqin bo'ladi, bunga e'tibor bermayman.
4. Har bir guruhning ishiga e'tibor beraman, kerak bo'lsa yordam beraman.
5. Mustaqil fikr va g'oyalarni olqishlab, rag'batlantiraman.
6. Guruhlarga doimo aniq tushunarli yo'riqlar beraman. Vazifani tez bajargan guruhga qo'shimcha topshiriq tayyorlab qo'yaman.
7. Guruhlarda ishlayotganda ularni kuzataman, eshitaman. Passiv o'quvchilarni qiziqtirib mavzuga jalb qilishga xarakat qilaman.
Interfaol metod sinfda о’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Burchaklar metodi", "Kubiklar" bahs-munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yozdam beradi.
4 Aqliy hujum - muammolarni hal qilishda keng qo'llaniladigan samarali metoddir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi. U berilgan har qanday muammoga ko'p sonli to'g'ri yechimlar topishda yordam beradi. Aqliy hujum muammo yechimini topishda muqobillarini aniqlashga yordam beradi. Dars mashg'ulotlarida o'tiladigan mavzuni, turli xil tomonlarini, qirralarini, qarama-qarshiliklarini ko'rsata olish, sinf o'quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o'zaro bahs-munozara yuritish, muloqotga chaqirish, munosabat bildirib, himoya eta olish, darsnmg yakunida mavzuning o'quvchilar tomonidan qanchalik qabul qilinganligi, o'zlashtirilganligini bilish, baholash maqsadida ushbu metodni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu darsning maqsadi - birgalikda o'qitish ko'maklashuvchi uslubiy yo'llar, ya'ni o'quvchilarning jamoada o'qitish yo'li bilan bilim olishlari to'g'risida tasavvur berishdir.
Kichik guruhlarga bo'lish metodikasi - o'qituvchi tajribasi, mahorati, ijodiy yondashuv asosida turli xil usullar asosida bo'lishi mumkin. Masalan: sinf o'quvchilarini ranjitmaslik, kamsitmaslik, ularni estetik did nuqtai nazaridan, kelishmovchiliksiz, guruhlarda bo'lish maqsadida turli xil rivojlantiruvchi o'yinlar asosida yoki masalan; 6 xil rangda, rangli qog'ozdan har xil shaklda, kichkina hajmda, sinf o'quvchilarining jami sonini hisobga olgan holda, oldindan kesma shakl (doira, uchburchak, to'rtburchak, beshburchak va hokazo) tayyorlab qo'yiladi. Kesim shakli o'qituvchi mahoratiga bog'liq, har xil shaklda bo'lishi mumkin. Tayyorlab qo'yilgan rangli kesma shakllarni o'quvchilarga tarqatiladi (bu holda har-bir o'quvchi, ixtiyoriy ravishda o'zi xohlagan rangdagi kesma shaklini tanlab oladi). O'quvchilar tanlab olgan kesma shakldagi ranglar asosida o'qituvchi, o'quvchilarni osongina guruhlarga ajratib oladi. Masalan:
Oq rang 1 -guruh
Yashil rang 2-guruh
Kо'k rang 3 -guruh
Jigar rang 4-guruh
Sariq rang 5-guruh
Qizil rang 6-guruh

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin