Malaka oshirish jarayoni va voyaga yetmagan va tarbiyasi og'ir bolalarni to'garaklarga jalb etish usullari
25 октябр 2012, 13:18
Oila bolaning shaxs sifatida rivojlanib borishini ta'minolovchi muhim bir vositadir.
Oila bu yosh bolada yaxshi xulq atvor kurtak yozadigan azim bir daraxt. Bolaning shaxsiy, ijtimoiy va ma'naviy kamoloti dastavval oilada kamol topadi. Bola maktabda qanchalik ta'lim-tarbiya olmasin, hayot, jamiyat haqida ijobiy tasavvurlarga ega bo'lmasin, albatta u oila ta'siri bilan mustahkamlanishi va rivojlantirilishi kerak. Chunki, oila a'zolarining f'el — atvori, yurish — turishi, odamlar bilan muomalasi, mehnatga munosabati bola nazarida turuvchi va uni o'ziga jalb qiluvchi manba hisoblanadi. Bola shu manba asosida faoliyat ko'rsatadi.
Oila bolalarni to'g'ri tarbiyalash bilan maktabning zimmasidagi vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga o'z hissasini qo'shadi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda ko'pgina ota-onalar o'z bolalarini aqlli, odobli, vatarparvar, xalq manfaati yo'lida fidoyi va haqiqiy mehnatsevar kishi qilib tarbiyalamoqda. Ularning farzandlari vatan, xalq va jamiyatimizning foydasini ko'zlovchi topshiriqlarni astoydil bajarishi bilan har qancha faxrlansa arziydi. Lekin shu narsani aytish ham kerakki ayrim ota-onalar va oilalar faoliyati jamiyatimiz taraqqiyotiga, qolaversa inson shaxsining kamolotini ta'minlovchi tarbiya ishiga putur yetkazmoqda.
Shuning uchun biz tarbiyaviy ishlar konstepstiyasining talablaridan kelib chiqqan holda maktab, oila, mahalla bilan hamkorlikdagi ishlarni jonlantirishimiz zarur. Bunda malaka oshirish tizimining ham o'ziga xos o'rni bor. Chunki malaka oshirish o'quv mashg'ulotlari davomida yo'nalishga doir ishlarni tizimga solish, tinglovchilarga eng maqbul yo'llarni taqdim etish yaxshi natija beradi.
Tinglovchilarga maktab, oila, mahalla o'zaro uzviy bog'liq holda bir-birining tarbiya sohasidagi ishini bevosita davom ettirsagina, to'ldirsagina, bola tarbiyasida kutgan natijani olish mumkinligi eslatiladi va klaster uslubida bu hamkorlikni tarmoqlash topshirig'i beriladi.
Maktab amalga oshirishi lozim:
1. Maktab qoshida «Maktab, oila, mahalla hamkorligi» Kengashini tuzish.
2. Hamkorlik kengashining ish rejalarini ishlab chiqish
3. Hamkorlikning ish uslublarini ishlab chiqish
4. Hamkorlik aloqalari shakllarini ishlab chiqish.
5. Oilalardagi bolalarda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni alohida qayd qilib borish va yakunlash.
Tinglovchilar kichik guruhlarga ajratiladi:
1-Topshiriq sifatida tarbiyasi og'ir bola bilan olib boriladigan tarbiya vositalarni rejalashtirish vazifasi beriladi.
Belgilangan vaqtdan so'ng kichik guruhlar taqdimotidan quyidagi javoblar kutiladi:
Sinf rahbari, direktor o'rinbosari, to'garak rahbarlari, bolalar yetakchisi tarbiyasi og'ir o'quvchilarni tarbiyalashda quyidagilarga ega bo'lishi lozim:
jamoatchilik bilan ishlash rejasi;
tarbiyasi og'ir o'quvchini maktab jamoat ishlariga jalb etish orqali mehnat va kasbga bo'lgan qiziqishini orttirish rejasi;
tarbiyasi og'ir o'quvchi bilan ishlash rejalarini ishlab chiqishi va tarbiyasi og'ir o'qvchining tarbiyasiga ijobiy ta'sir etishi lozim.
2-topshiriq sifatida kichik guruhlarga 10 daqiqa vaqt ichida tarbiyasi og'ir o'quvchini tarbiyalashda jamoatchilik bilan Ishlashning taxminiy rejasini tuzish topshiriladi. Belgilangan vaqtdan so'ng kichik guruhlar taqdimotidan quyidagi javoblar kutiladi:
1) Sinf ota-onalar qo'mitasi, voyaga yetmagan bolalar bilan ishlash inspektori, ota-onasining ish joyi rahbariyati bilan hamkorlikda farzandi o'qishi, tarbiyasi bilan shug'ullanmaydigan ota-onalarga ta'sir o'tkazish
2) Farzandi tarbiyasi va o'qishiga e'tibor bermaydigan ota-onalarni mahallada, qishloq qo'mitasiga chaqirish.
3) Bola tarbiyasida mahalla faollari bilan doimo aloqada bo'lib turish
4) Ichki ishlar bo'limi xodimlari, voyaga etmagan bolalar bilan ishlash inspektori, uchastka inspektori bilan aloqa o'rnatish
5) Huquqiy mavzularda davra suhbatlari tashkil etish va hakozo.
3-topshiriq sifatidakichik guruhlarga 10 daqiqa vaqt ichida tarbiyasi og'ir o'quvchilarni maktab va jamoat ishlariga jalb etish orqali mehnat va kasbga bo'lgan qiziqishini orttirish ishlarining taxminiy rejasini tuzish topshiriladi. Belgilangan vaqtdan so'ng kichik guruhlar taqdimotidan quyidagi javoblar kutiladi:
1)Kim bo'lsam ekan?.. Bahs.
2) Qog'oz va temir parchalarini to'plash
3)Sinfda tuvaklarda gul o'stirish
4)Maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirish ishlarida qatnashish
5) Non ishlab chiqarish kombinatiga sayohat uyushtirish
6) Mahalliy sanoat korxonalariga sayoxat uyushtirish
7) Mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar uyushtirish
8) «Sevimli kasbim» mavzusida albom tayyorlash
9) Kasblar haqida savolnomalar tashkil etish
10)" Men sevgan kasb" mavzusida insho yozish
Xullas, malaka oshirish jarayonida voyaga etmagan tarbiyasi og'ir bolalarni to'garak mashg'ulotlariga jalb etishning eng maqbul usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish izchil takomilni talab etuvchi jarayondir.
Dostları ilə paylaş: |