Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa bo‘lmasligi kerak , chunki u o‘z o'rnida g'oyat muhim bo'lishi mumkin." Bolani faqat u bilan gaplashganda , nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o‘ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida , hattoki o'zingiz uyda yo‘qligingizda ham tarbiyalaysiz.
Sizning qanday kiyinishingizni , boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingizni , xursand bo'lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz gazeta o‘qishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega " degan edi tarbiyashunos olim. Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki , u oilada olgan tarbiyasini bir umr unutmaydi va doim o'sha ishga taqlid qilib yashaydi . Dono xalqimizda bir maqol bor" Qush uyasida ko‘rganini qiladi".Shunday ekan farzandlarimizga yoshligidan katta e'tibor berishimiz lozim.
Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim-tarbiya o‘chog‘i bu maktabdir
Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim-tarbiya o‘chog‘i bu maktabdir.Maktabga har xil oiladan turli xil xulq-atvordagi o‘g‘il -qizlar kelishadi. Bularda maktabning qonun va qoidalariga ko‘nikma hosil qilish , jamoa bilan birga bo‘lish odatini shakllantirish juda qiyin hisoblanadi.
Ana shu narsa oila bilan maktab hamkorlikda o'tkazsa bolalar xulqidagi salbiy xususiyatlarni bamaslahat hal qilishsa , tarbiyasi yomon o'quvchi bo'lmaydi.
Oilada muhit
Agar oilada muhit yaxshi bo'lmasa ya'ni ota -ona farzandlariga befarq bo‘lib va har doim janjallar sodir bo‘laversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta‘sir ko‘rsatadi.
Chunki oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir.Afsuski, oramizda shunday ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab - ehtiyojlariga haddan tashqari e‘tiborli bo‘lib, barcha o‘jarliklarini ko‘taradilar. Natijada bola kelajakda yomon xulqli , jamiyatga zarari tegadigan inson bo‘lib qoladi. Ana shunday muammolar kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz bo'lajak yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berib, ularga adolatlilik, to‘g‘ri so‘zlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni o'rgatishimiz lozim