Ta’lim to‘G‘risida qonuni o‘rq-637-son


ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari



Yüklə 330 Kb.
səhifə5/63
tarix02.01.2022
ölçüsü330 Kb.
#38150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu ma'ruza

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga etmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;

ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar

Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

  2. ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

  3. ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

  4. ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

  5. ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

  6. ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

  7. ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  8. o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;

  9. davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  10. o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

  11. insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

  12. jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

  13. ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;

  14. bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

  15. ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

  16. ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.


Yüklə 330 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin