bob. 17-modda:Dual ta’lim •Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
•Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Inklyuziv ta’lim nima? Inklyuziv ta’lim nimani anglatadi? O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ekspertlar kengashi a’zosi Oybek Isoqovqonun loyihasida inklyuziv ta’limga ta’rif berishdan boshlash kerakligini ta’kidladi. U quyidagi ta’rifni qonunga kiritishni taklif qiladi:
•“Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir”.
20-modda. Inklyuziv ta’lim
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilmaxilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2-bob. 21-modda: Eksternat tartibidagi ta’lim •Eksternat tartibidagi ta’lim olish o’quv dasturlarini mustaqil ravishda o’zlashtirish, uning yakunlari bo’yicha ta’lim oluvchilardan DTMuass. Yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o’tishni talab etadi.
•Uni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3-bob. 24-modda:O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari