Ta’lim to’g’risida


Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati



Yüklə 112,54 Kb.
səhifə8/10
tarix12.10.2023
ölçüsü112,54 Kb.
#154811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-ma\'ruza

Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati.
Ta’lim qonunining 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko’rsatiladi:

  • maktabgacha ta'lim;

  • umumiy o’rta ta'lim;

  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;

  • oliy ta'lim;

  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta'lim»

11-17- moddalarda esa shu har bir tur mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Bunga ko’ra maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlashi aytiladi. Umumiy o’rta ta'lim esa quyidagi bosqichlarda amalga oshishi ko’rsatiladi: boshlang’ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o’rta ta'lim (1-IX sinflar). Qonunda o’rta maxsus, kasb- hunar ta'limi olish maqsadida har kim umumiy o’rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta'kidlanadi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi – boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi. O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi bo’lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi tanlagan soha bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo’lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatadi:
O’z-o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o’zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo’la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o’ziga bog’liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.

Yüklə 112,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin