5-bob. 44-modda: Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviyaxloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi
( bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno)
5-bob. 45-modda: Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
P edagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.