Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli
individual ta’lim hisoblanadi. Bu orqali hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatdayoq yuzaga kelgan edi. Yozuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig’i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini keyingi avlodga uzatgan. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning bevosita va individual aloqasiga hozirda misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. Ta’limni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanib kelingan.
Individual ta’lim
bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni bizning davrimizgacha repititorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la
individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishdan iborat. Individual ta’lim beruvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi.
Individual ta’limning
kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta’lim beruvchi ta’sirining cheklanganligi. (Bunda ta’lim beruvchining vazifasi ta’lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo’ladi); boshqa ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta’lim oluvchining yoki ta’limning ijtimoiylashishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir.
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta’limning
individual-guruhli shakli paydo bo’ldi. Bu ta’lim turidan XVI asrga kelib Evropada keng foydalana boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ta’lim turidan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi. Bu davrda ta’lim oluvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” (Eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo’lib kelgan.
Dostları ilə paylaş: