Ta’lim turlari va ularning amalga oshirilish mexanizmlari xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna



Yüklə 380,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.05.2023
ölçüsü380,44 Kb.
#118479
1   2   3   4
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna

3-rasm.
 
Ta’lim shakllari
 3

Biz yuqorida ta’lim turlari borasidagi fikr-mulohazalarimiz doirasida 
ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan kunduzgi 
shakliga aloqador ma’lumotlarni muhokama qildik. Bugungi kunda dunyo 
miqyosida tan olingan ta’lim shakllaridan bo’lgan masofaviy ta’lim ham 
alohida ahamiyat kasb etib turibdi. 
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim 
oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan 
foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. 
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti 
negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish tartibi ham masofaviy ta’limni tashkil etish 
tartibi kabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. 
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. 
Bolalarning oilada ta’lim olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat 
yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
3
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son, 15-
modda) asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.
T
a’lim 
olish s
ha
kll
ari quy
idagilardan
 
ibora
t:
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, 
masofaviy);
-dual ta’lim;
-oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
-katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
-inklyuziv ta’lim;
-eksternat tartibidagi ta’lim;
-mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida 
kadrlar tayyorlash.


Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim 
oluvchilarning toifalari ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari 
tomonidan belgilanadi. 
Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga 
olgan holda davlat ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi 
yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim 
oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan 
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim 
muassasalarining tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq eksternat tartibida 
amalga oshiriladi. 
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida 
o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning 
jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini 
ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi, shuningdek rasmiy, 
norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi. 
Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan 
olingan akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi 
institutsionallashtirilgan 
(muayyan 
qoidalar 
va 
normalarni 
mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan 
ta’limdir. 
Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs 
yoki tashkilot tomonidan institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va 
normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va 
rejalashtirilgan bo‘lib, shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy 
ta’limga qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir. 
Informal 
ta’lim 
aniq 
maqsadga 
yo‘naltirilgan, 
ammo 
institutsionallashtirilmagan 
(muayyan 
qoidalar 
va 
normalarni 
mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko‘ra kamroq 
tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash 
joyidagi va kundalik hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning 
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga 
qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar 
(shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. 


Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda 
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan 
davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab 
etadi. 
Inklyuziv va eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida 
kadrlarni tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Yüklə 380,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin