Ta’lim va tarbiyada: maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi yangi imkoniyatlar



Yüklə 35,09 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü35,09 Kb.
#133001
ТАЪЛИМ ВА ТАРБИЯДА



TA’LIM VA TARBIYADA: MAKTABGACHA, MAKTAB VA OLIY TA’LIM TIZIMLARIDAGI YANGI IMKONIYATLAR

Abdiraxmonova Nilufar Pardayevna


Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 15-umumiy o‘rta talim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi.
Telefon raqami: +998 99 665-03-35
“Ma’naviyat-bizga suv bilan xavodek zarur”
SH.Mirziyoyev

Kirish suzi:


Ta’lim va tarbiyada: maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi yangi imkoniyatlar.
Bugun dunyo O‘zbekistonni bejiz e’tirof etayotgani yo‘q. Ta’lim-tarbiya insonni, inson orqali butun jamiatni o‘zgartiradi, yuksaltiradi. Chinakam ilm, chinakam ezgu tarbiya asosini yaratgan shaxs saloxiyati, mexnati, fidoyiligi odamlar, insoniyat nazaridan chetga qolmaydi. E’tibor beradigan bo‘lsak mamlakatimizda biror bir anjuman, biror- bir yig‘ilish yo‘q-ki u yerda farzandlarimiz iqboli xaqida fikr yuritilmagan, muloxaza aytilmagan bo‘lsa. Shuning uchun mustaqilligimzning ilk kunlaridan boshlab ma’naviy yetuk va barkamol avlod tarbiyasi chinakam ma’noda davlat ishga aylandi, davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlari deb e’lon qilindi.
Kelajak bugundan boshlanadi. Aslida maktab ta’limidagi imkoniyatlarining asosida xam bilimli, intelluktual saloxiyati yuksak yetuk kadrlarni kamolga yetkazish maqsadi turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2016-2021-yillarda yoshlar siyosatiga doir 5 ta qonun va 55 ta qonunosti xujjati qabul qilindi. 2006-yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati tug‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarni ijtimoiy jixatdan shakllantirish va ularning intelluktual, ijodiy va boshqa yunalishdagi saloxiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qilishi aloxida ta’kidlanib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar qonun bilan mustaxkamlandi.
1.Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek: “Bugun yangi ming yillikda yashamoqdamiz”. XXI da qaysi davlat qudratli, qaysi xalq kuchli o‘tadi. Shubxasiz farzandlari intelluktual jixatdan barkamol, bilimli, sog‘lom, or-nomusli, mustaqil fikrli, ezgu maqsad yulini tutgan irodali, vatanparvar bo‘lgan davlat qudratli va kuchli bo‘ladi. Yangi ming yillikda davlatlarning, xalqlarning taqdirini, moddiy boyliklar emas, intelluktual ya’ni ma’naviy-ma’rifiy boyliklar xal qiladi. Bunday boyliklar ustuvor joyda moddiy boyliklar mo‘l-ko‘lligi xam ta’minlanadi. Chunki bugungi kunga kelib ilm-fan insonning, davlat va xalqlarning qudratli kuchiga aylanmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda bugun ilm- kuchqudrat. Ilm donolikning tenglik asosi saodatdagi eng ulug‘ ne’matdir. Prizedentimiz ta’kidlaganlaridek, hamisha bir ezgu ish boshlasangiz uni boshqasi bilan bog‘lab yuboring. Bugun maktab, oliy ta’lim yangiliklar jarayonini boshidan kechiryabdi. Barcha islohotlar ulkan intilishlar mohiyatiga nazar tashlab inson qalbi, ongi sog‘lom bo‘lsa, barkamol va yetuk bo‘lsa u nimani qabul qilishi va nimani qabul qilmaslikni yaxshi biladi. Oliy ta’limga intilish maktab ta’limidan yaratiladigan poydevorining o‘zagini tashkil qilib turadi. Davlatimiz raxbari maktabgacha va maktab ta’limi sohasi vakillari bilan uchrashuvda alohida ahamiyat qaratib o‘tdi. Maktab ta’limidan oliy ta’limga o‘tish, yoshlarning jamiat hayotidagi o‘sish nuqtasini belgilash, mustahkam bilim berish asoslarini mezonlari bilan bog‘liq masalalar ustida to‘xtalarkan davlatimiz, jamiyatimiz oldida yanada xayotda ma’suliyatli va sharafli vazifa turganligini ta’kidlaydi. Ta’limdagi islohatlarning yangi davri yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Xalqimiz yaxshi anglab turibdi-ki, eng muhim ijtimoiy taraqqiyot xalqimizni ya’nada farovon xayotga olib boradigan farzandlarimizni baxtiyor qiladigan, avlodlarni butun umri davomida ijtimoiy muxofaza qiladigan yagona yul ularga ilm berish, istedodlarini yuzaga chiqaradigan, kasb-xunar bobida kamolga yetkazadigan, bir suz bilan aytganda butun ichki quvvatini ro‘yobga chiqaradigan ta’lim tizimini yaratish hisoblanadi. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu sohani eng ustivor yunalishi deb e’lon qildi. Maktab ta’limining istiqbolli nishonalari bugun bo‘y kursatmoqda. Farzandlarimizning oliy ta’lim olishlari uchun kvotalari yaratilmoqda. Bir vaqtning o‘zida tanlov qabul qilish imkoniyatinig ahamiyatga tadbiq etilishi barchani birday quvontirib yubordi. Demakki, imkoniyatlarimiz kun sayin oshmoqda. Yangi O‘zbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori.
1. Sizlar kup kitob o‘qigan, bilimli avlod sifatida yurtimiz o‘tmishida jahon svilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini yaxshi bilasiz. Siz Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniy va Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar, Buxoriylar, Termiziylar avlodisiz. Ana shunday buyuk vatandoshdarimiz yaratgan bebaxo bilim va kashfiyotlar bugun xam butun insoniyatga xizmat qilmoqda.
SH.Mirziyoyev
Davlatimiz raxbari shu yil 11-aprel’ kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarga sifatli ta’lim berish va bandligini ta’minlashga e’tibor kuchaytirilishini oliy ta’lim qamrov kvotalarining takomillashtirilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Jumladan farzandlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish qarashlarini inobatga olish, kasb-xunarga yunaltirish mafkuraviy tahdidlardan himoya qilib sog‘lom fikr beradigan manbalarni kupaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Oliy ta’limga tanlovni yanada kengaytirish yoshlarning intillektual salohiyatlarini rivojlantirish barcha soxalarda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan.
Yangi O‘zbekiston yoshlarini dasturini ishlab chiqish qonunchiligini o‘zgartirish bo‘yicha farmonlar ilgari surildi.Davlatimiz raxbarining OTM larda tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun imtiyozlar berish tug‘risidagi qarori nixoyatda salmoqli tashabbus bo‘ldi. Shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqildi. Uning doirasida poytaxtimizda asosan xotin-qizlar o‘qitish uchun davlat xususiy sheriklik asosida yangi yunalishlar ishlab chiqildi. Magistraturada o‘qiyotgan qizlarning to‘lov shartnoma pullari, extiyojmand oilalar farzandlari ota yoki onasini yuqotgan talaba qizlar ta’lim kontrakti summasining mahalliy budjet xisobidan qoplanishi yulga quyildi.
Muxtasar aytganda: Bilimliga dunyo keng. Xar bir davlat istiqboli, dunyo miqyosida obro‘-e’tibori, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim dargoxlarda ularga bilim beradigan ilmiy kadr malakasiga bevosita bog‘liq. Shu nuqtai –nazardan qaraganda, yurtimizda yoshlarning puxta bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Navqiron avlod vakllarining zamon talabiga mos ta’lim olishi ularni kasbga yo‘naltirishi, ma’naviy dunyosini boyitish asosiy vazifalar etib belgilangan. Albatta, bilim olishga, dunyoga ilmiy nigoh bilan boqishni istovchi yoshlarga qilinayotgan g‘amxo‘rliklar ularni yanada yangi marralar sari ruxlantiradi. Ta’limni sifat jixatdan yangi bosqichga ko‘tarish juda katta e’tiborni talab etadi. Sababi ta’lim soxasiga e’tiborni kuchaytirmay turib, jamiatning boshqa soxalarni rivojlantirishni tasovvur qilib bulmaydi. Zero prezidentimiz tomonidan 2023-yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi xam yurtimizda maktab ta’limi, oliy ta’lim imkoniyatlarini yanada yuksak pog‘onalarga olib chiqadi.

Annotatsiya: Ta’lim va tarbiyada: maktabgacha, maktab va oliy ta’lim tizimlaridagi Yangi O‘zbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori.


Kalit so‘zlar: Renessans, intelluktual, ta’lim, tarbiya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Xalq so‘zi
2.Yangi O‘zbekiston gazetasi
3.”Dovondagi uylar” O.Sharafiddinov
Yüklə 35,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin