Ongli o`qish. Ongli o`qish yaxshi o`qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o`qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g`oyaviy yo`nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o`qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o`z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o`qish o`z navbatida, o`quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so`zning leksik ma`nosini, gapda so`zlarning bog`lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog`liq. Hozirda ongli o`qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o`qish jarayonini egallashga nisbatan o`qish texnikasi ma’nosida, ikkinchidan, keng ma’nodagi o`qishga nisbatan o`qish sifatlaridan biri ma`nosida qo’llanadi.
Matnni ongli o`qish uchun o`quvchilar o`qish sifatlaridan to`g`ri, me’yorida o`qishni egallagan bo`lishlari va o`qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O`quvchilar matnni ongli o`qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o`qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi. O`qituvchi ongli o`qishni matnni ifodali o`qishga (agar ovoz chiqarib o`qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to`g`riligiga qarab baholaydi. Ongli o`qish va ifodali o`qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o`xshamaydi.
Dostları ilə paylaş: |