Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə11/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
2 5472272876134470789

Ifodali o`qish intonatsiya – ohang yordamida asarning g`oyasi va jozibasini to`g`ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. “Ifodali o`qish adabiyotni konkret va ko`rgazmali o`qitishning dastlabki va asosiy formasidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova. Demak, “Ifodali o`qishning asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali o`quvchilarga ko`rgazmali qilib ko`rsatishdir. Ifodali o`qishning asosiy tamoyili o`qiladigan asar g`oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir”. Ohang og`zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg`u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining yig`indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g`oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.

O`quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

1.Nutq jarayonidan nafasni to`g`ri olish va to`g`ri taqsimlay bilish.


  1. Har bir tovushning to`g`ri artikulyatsiyasi va aniq diktsiya (burro gapirish) malakasini egallash.

  2. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.

Bu shartlar faqat ifodali o`qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O`quvchining har qanday og`zaki hikoyasi ifodali bo`lishi zarur.

Ifodali o`qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog`lanadi. Shuning uchun o`qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o`z nafasini boshqara olish va ovozdan to`g`ri foydalanishga o`rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O`quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o`qish (gapirish)ga, nutqda tez, o`rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg`uni ifodalashga o`rganadilar. Ifodali o`qishga o`rgatishda o`quvchilar pauza va logik urg`u bilan ham tanishtiriladi.

Ifodali o`qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo`linadi:


  1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g`oyasini belgilash, ya’ni asarning g`oyaviy mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

  2. Matnning qayerida pauza qilishni, mantiqiy urg`uning o`rnini, o`qish tempini belgilab olish.

  3. O`qishni mashq qilish. Avtor fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun matnni qayta o`qish.

Asarning mazmuni va g`oyaviy yo`nalishini tahlil qilish ifodali o`qishga o`rgatish bilan bog`lab olib boriladi. Ifodali o`qishga o`rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o`z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O`quvchilarda ifodali o`qish malakasini shakllantirish uchun asarni o`qituvchining ifodali o`qishi muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin