Pezentatsiya



Yüklə 7,93 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü7,93 Kb.
#195122
Fayzullayeva Nilufar

Pezentatsiya

  • O’zbek adabiy tili va turkiy adabiy tilllar
  • Reja:
  • 1.Turkiy tillarning shakllanish tarixi va taraqqiyot bosqichi.
  • 2.Turkiy tillar oilasiga mansub tillar.
  • 3. Turkiy tillar oilasida o’zbek tilining tutgan o’rni.
  • 4. Turkiy tillar lug’at tarkibidagi umumturkiy so’zlar va ularning mavzuviy guruhlari.
  • Turkiy, o’zbek, tili eng qadimiy tillardan biri bo’lib, uning tarixi oltoy davridan boshlanadi. Oltoy nazariyasiga rus sharqshunos olimi V. Radlov asos solgan bo’lib, uning nazariyasiga ko’ra , turkiy tillar tarixi oltoy tillardan kelib chiqqandir. Oltoy tilbobo tildir. Bu til dastlab ikkiga ,ya’ni tungus-manjur va turk-mo’g’ul tillariga ajralgan.
  • Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi. Hozirgi o’zbek adabiy tili, eski o’zbek adabiy tilining davomi sifatida XX asrning birinchi choragida qarluq-chigil lahjasining Toshkent va Farg’ona shevalari bazasida shakllangan.
  • Akademik B. Ahmedov o’zbek xalqi O’rta Osiyoning eng qadimiy xalqlaridan biri bo’lib, deyarli 3000 yillik tarixga egaligini aytgan.

Turkiy xalqlarning dastlabki yozma yodgorligi O’rxun-Enasoy bitiktoshlari hisoblanadi Turkiy tillarning genetik va lisoniy xususiyatlari jihatidan qiziqish qadimdan mavjud bo’lgan. Bu o’rinda turkiy tillarni birinchi marotaba tasnif qilgan olim Maxmud Koshg’ariy ishlarini ham qayd etish o’rinlidir.

Turkiy tillar o’zaro fonetik, leksik va grammatik jihatdan juda yaqin tillardir. Ular til xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan o’xshash va biroz farqli jihatlari mavjuddir. Turkiy tillarning fonetik o’ziga xos jihati so’z boshidagi t-g, k-g tovushlari jarangsiz va jarangli tarzida farqlanadi. Bu esa ushbu tilda singarmonizm hodisasi borligini ko’rsatadi.

  • Turkiy tillar oilasi uchun xos bo’lgan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlar:
  • 1. Turkiy tillarda,chunonchi, o’zbek tilida ko’p bo’g’inli so’zlarning miqdori juda oz. Bir bo’g’inli ( o’q, ot, oy) va ikki bo’g’inli ( bo’ri, yetti, tulki) so’zlarning miqdori esa ko’p.
  • 2. Turkiy tillarda so’zlar ,asosan, uch tovushli bo’ladi: kun, til, bel, kel kabi.
  • 3. Turkiy tillarda,chunonchi, o’zbek tilida affikslar so’z oxiriga qo’shiladi: yovuzlik( yovuz+ lik), ko’zsiz (ko’z+siz);
  • 4. Turkiy tillarda,chunonchi, o’zbek tilida bog’lovchilar deyarli yo’q ( ular arab va fors tillaridan o’zlashgan).
    • Turkiy tillardagi,chunonchi, o’zbek tilidagi so’zlarning boshida undoshlar ketma-ket kela olmaydi. Bu esa uning yana bir o‘ziga xos xususiyatidir.
  • Turkiy tillar lug’at tarkibidagi umumtirkiy so’zlar mavjud bo’lib, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi:
  • 1. Inson va hayvon tana a’zolarining nomlari: bosh, og’iz, burun, ko’z, tish, qosh, til bel va boshqalar. Ushbu so’zlar qadimgi turkiy til davrida ancha faol qo’llangan.
  • 2.Qon-qarindoshlik va yaqinlik tushunchasini anglatuvchi so’zlar: ota, er, bola, dada, o’g’il, tog’a, qiz, opa, singil;
  • A. Navoiy o’zining “Muhokamatul lug’atayn” asarida turklar “onaning og’a va inisin tag’oyi”, - deb atashlarini ta’kidlagan.
  • 3.Geografik joylar va aholi yashash manzillarining nomlari: tog’, yurt, qishloq, yer, dengiz, yo’l/jo’l, ko’l va boshqalar.
  • 4. O’simlik nomlari- fitonimlar: chechak, terak, arpa, yaproq, bug’doy , somon, qamish, don, tariq va boshqalar. Mazkur guruh so’zlarining ham deyarli barchasi qadimgi turkiy tilda uchraydi.
  • 5.Oziq-ovqat va ichimlik tushunchalarini anglatuvchi so’zlar: et (go’sht), suv, bol( asal), un, qaymoq va h.k. mazkur so’zlar ham qadimgi turkiy tildagi shakl va mazmunda qo’llaniladi.

6. Tabiat hodisalari va koinot jismlarining nomlari: yel (shamol), bulut, yomg’ir, muz, oy, quyosh, yulduz, borliq, kun(quyosh), yoz, yovdu va boshqalar. . Mazkur guruh so’zlarining ham deyarli barchasi qadimgi turkiy tilda uchraydi.

    • 7.Vaqt, zamon tushunchasini ifodalovchi so’zlar: tun, kech( kech, uzoq), oy, bultur, kun/gun, ilk, tong, kecha, kechagi, bukun, erta, indin, chog’, burun, ilgari, mangu, o’tmish yil va boshqalar.
  • 8.Inson tana a’zolarining nomi: bosh, og’iz, burun,ko’z, tish, qosh,til,bel va boshqalar. Ushbu so’zlar ayrim fonetik farqlar bilan turkiy tillarning aksariyatida qo’llaniladi.
  • 9.Hayvon, parranda nomlari- zoologik terminlar: ot, quyon, qush, tuya (teva), tulki, kiyik, ilon/yilon, echki, sichqon/sichon,tovuq va boshqalar. Mazkur so’zlarning barchasi qadimgi turkiy tilda mavjuddir.
  • Quyidagi so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida iste’moldan chiqqan bo’lsa ham, boshqa turkiy tillar , chunonchi, turk tilida qo’llanadi:
  • El (uy), yog’I (dushman, yov), em (davo), qapu (eshik), qamug’ ( barcha, hamma), yavuq ( yaqin);
  • Xulosa qilib shuni aytganda, turkiy tillarning poyasi bir ildizdan, ya’ni bir tildan kelib chiqqandir.
  • O’zbek xalqi etnik jihatdan juda ham murakkab turkiy xalqlardan biridir. Uning shakllanishida 92 turkiy va turkiy bo’lmagan urug’larning ishtirok etgani tarixiy , ilmiy va adabiyasarlarda ko’rsatilib o’tilgan.
  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Yüklə 7,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin