Kasb psixologiyasining vazifalari Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning qo’yidagi
vazifalarini ajratib ko’rsatish maksadga muvofik:
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot metodlarini va
o’zining faoliyatiga tegishli usullarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo’lgan tadkikot metodlarini ishlab
chiqish va o’ziga xos uslublarini tuzish;
3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish;
4. Kasblarni klassifikatsiya qilish usullarini ishlab chikish;
5. Shaxsning kasbiy shakllanishi konuniyatlari va psixologik mexanizmlarini
tadqiq etish.
6. Kasbiy shakllanishdagi inkirozlarni taxlil etish;
7. Shaxsning kasbiy faoliyatga bo’lgan layoqatini pasayishini aniqlash;
8. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish; bu borada
psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni
attestatsiyadan o’tkazish;
9. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam berish hamda
insonning kasbiy hayoti davomida yordam berish, qo’llab-qo’vvatlash;
10. Kasbiy maslaxat;
Kasb psixologiyasining metodologik asoslari Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy
shakllanish kontseptsiyasidir. Mazkur kontseptsiyaning asosiy moxiyati
shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs mikdor va sifat jihatidan rivojlanib
boradi ya’ni ular o’z yo’nalishini boyitib boradi, shu orkali tajriba va salohiyat
shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inkirozlar, to’knashuvlar, destruktiv
o’zgarishlar bo’lib o’tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy
omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy vokealarga
bog’lik bo’ladi.
Kasbiy shakllanish — bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o’z ichiga
olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning
tugallangungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.