7
7
Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kasb psixologiyasi
fanining shakllanish tarixini tushuntirib berish, vazifalarini aniqlashni
o’rgatish, predmetini ta’riflash. bixeviorizm va psixoanalizm maktablarining
vujudga kelishini yoritish
Identiv o’quv maqsadlari.
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixini tushuntirib beradi.
Kasb psixologiyasi fanining vazifalarini aniqlaydi.
Kasb psixologiyasi fanining predmetini ta’riflaydi.
Bixeviorizm va psixoanalizm maktablarining vujudga kelishini yoritadi.
Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
2- savolning bayoni
Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsada, lekin u fan
sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan
sifatida ajralib chiqishga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy
zaruriyatning taqozosi edi. Amerikada bixeviorizm, Venada Z.Freydning
psixoanalizm kabi psixologiya maktablarining vujudga kelishi psixologiya
fanining rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shdi. Shu maktablarning hammasi
o’zining nuqtai nazariga asoslanib, psixologiya fanining tarkibiy qismlarini
o’rganishga harakat qildi.
2-savol uchun nazorat topshiriqlari:
1. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixini gapirib bering ?
2. Kasb psixologiyasi fanining vazifalarini ajrating ?
3. Kasb psixologiyasi fanining predmetini ta’riflang ?
4. Bixeviorizm va psixoanalizm maktablarini qiyosiy solishtiring ?
5. Shaxsning kasbiy shakllanish kontseptsiyasini tushuntiring?
6.Kasb psixologiyasining metodologik asoslarini ta’riflab bering ?
7.Kasbiy shakllanishni tushuntiring ?
Dostları ilə paylaş: