Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə4/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kasb psixologiyasi
fanining maqsadini tushuntirish, vazifalarini aniqlashni o’rgatish, predmetini
ta’riflash.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Kasb psixologiyasi fanining maqsadini tushuntiradi.
2. Kasb psixologiyasi fanining vazifalarini aniqlaydi.
Kasb psixologiyasi fanining predmetini ta’riflaydi.
Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari,
1- savolning bayoni :
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish
mexanizmi, konuniyatlari xamda psixologik xususiyatlarini o’rganishdir.
Bundan kelib chikkan xolda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy
maksadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir
konuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mexnatga layokatlilik darajalarini
o’rganuvchi psixologiya fanining soxalaridan biridir, - deb aytish mumkin.
“ Kasb psixologiyasi ” kasbiy faoliyatning psixologik mexanizmlarini, to’g’ri
kasb tanlash malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini hamda bu
boradagi muammolarini o’z ichiga qamrab oladi. Kasb psixologiyasi shaxsda
kasbga doir bilim, ko’nikma, malakalarni, ulardagi mavjud tushuncha,
tasavvurlarni boyitishga xizmat qiladi.
Kasb psixologiyasi fanini o’qitishdan maqsad – talabalarga fan
sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar
zahirasini shakllantirish, shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo’naltirish
yuzasidan nazariy, amaliy malumotlar manbaini talabalarga berishdir.
Kasb psixologiyasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

talabalarni ilmiy malumotlar bilan tanishtiradi, kasb tanlash va shaxs


xususiyatlari o’rtasidagi bog’liqlikni asoslaydi, kasblar psixodiagnostikasi
haqida tushuncha beradi, shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy
rivojlanish masalalarini ko’rib chiqadi.
“ Kasb psixologiyasi “ fanini o’zlashtirish natijasida bakalavrlar kasb
psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo’naltirishning
tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb
psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi,
kuzatish metodi, test metodini
 Longityud kesimli kabi metodlarni
o’zlashtirib oladilar
Kasb psixologiyasining ob’ekti - shaxsning kasb bilan xamkorligi yoki
o’zaro bog’likligidan iborat.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib, u o’zining
tadkikot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jixatdan aynan u mehnat psixologiyasi,
muxandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik
psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farklanadi.
Mexnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va
konuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, u mexnat jarayonida
shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o’rganadi. Mexnat psixologiyasi



6
6


vazifalariga psixologiyaning mexnat faoliyatini psixologik muammolarini,
mexnat unumdorligini orttirishning psixologik shart sharoitlari mehnat va dam
olish rejimi, mexnat turlarini psixologik tahlil kilish, kadrlarni ularning
individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash xamda joy-joyiga qo’yish
ning psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy shakllanishining psixologik
qonuniyatlarini o’rganadi. Kasb psixologiyasining tadqiqot ob’ekti shaxsning
“inson kasb” tizimida kasbiy rivojlanishi hisoblanadi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin