Toifalash sharhini tuzish qoidasi: 1. Toifalar bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2. Bitta mini - guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.
Toifalash jadvali
Toifalar
Masalan, Jahonning siyosiy xaritasi mavzusida mamlakatlarni toifaga ajratish ucnun ushbu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:
2.1. Geografiyani o’qitishda modulli darslardan foydalanish yo’llari Modulli ta’lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so’zdan olingan bo’lib, qism (blok) degan ma’noni bildiradi.
Geografiyani o’qitishda modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o’quvchilar mustaqil o’zlashtirishlari uchun o’quv topshiriqlari tuziladi. SHu o’quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o’tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Mazkur darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket o’zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni o’zlashtirish jarayoni o’quvchilarning yaxlit bilish faoliyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi ko’zda tutilgan o’quvchilarning o’quv faoliyati mavzu ajratilgan modullarga muvofiq holda o’quv faoliyati elementlari (O’FE)dan tashkil topadi. Agar darsda o’rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo’lsa, o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta o’quv faoliyati elementi (O’FE) dan tashkil topadi. SHuni qayd etish kerakki, dars yakunida o’quvchilarning o’z faoliyatlarini tahlil qilishi va o’z-o’zini baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bo’ladi. SHu sababli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta o’kuv faoliyati elementi (O’FE) bo’ladi. O’qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi.