Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni tabiat komplekslari va ularning barqarorligidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda tabiat komponentlari va komplekslariga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish, tabiatni muhofaza qilishga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi haqidagi ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qo’shimcha adabiyot, darslik, xarita va yozuvsiz xarita bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: dunyoning tabiiy xaritasi, tabiat komplekslarining bo’linishi sxemasi, landshaft turlarining rasmlari
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi).
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Tabiat komponenti, tabiat kompleksi, landshaft, tabiiy landshaft, antropogen landshaft, fatsiya, maydon, joy, madaniy landshaft, buzilgan landshaft.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy kism
II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash.
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.
IV. Yangi mavzuni o’rganish:
a) yangi mavzu bo’yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va o’quvchilarni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b) o’quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi o’quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;
v) har bir o’quv faoliyati elementi topshiriqlarining to’liq bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;
g) har bir o’quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara o’tkazish.
O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli ikki qismga ya’ni modulga ajratadi:
Tabiat komplekslari haqida tushuncha.
2. Landshaft va uning tuzilishi.
3. Loyihalash ishlarida landshaft tahlili.
4. Tabiat komplekslarining barqarorligi va uni xo’jalik ishlarida hisobga olish.
5. Tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishi.
Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi.
“Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi” mavzusi bo’yicha o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi.