Ta’lim vazirligi


Geografiya darslarida didaktik o’yinlardan



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə14/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
MFO\'M kurs ishi

2.2 Geografiya darslarida didaktik o’yinlardan
foydalanish yo’llari

Pedagogik texnologiya tizimida didaktik o’yinlar texnologiyasi alohida o’rin tutadi. Xozirgi vaqtda pedagogika nazariyasi va amaliyotida o’yinlar va ularning mohiyatini yorituvchi ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. L.S.Vыgotskiy, S.A.Shmakov, A.N.Montьev, G.K.Selevko, A.A.Verbitskiy, A.S.Arbenьev, P.Ya.Gal’perin, A.Tyukovlar tomonidan olib borilgan ishlar shular jumlasidandir.


Tabiiy geografiya ta’limi jarayonida didaktik o’yinlar texnologiyalaridan didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayonini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. SHu sababli o’quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Tabiiy geografiya darslarida o’yinlardan foydalanish borasida ko’plab olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan bo’lib, ular didaktik o’yinlarning o’rni va ahamiyati haqida quyidagicha: L.M.Pancheshnikova, S.N.Praslova, G.A.Ponurova, L.V.Belyaeva, G.Ya.Lisenkova, V.V.Pyatunin- muammoli ta’limning bir shakli, darsning bir qismi, fikr o’stirishning bir shakli deb, V.P.Korneev, Ye.G.Kolovskiy, V.M.Lyantsevich, L.P.Simenova, A.V.Prokofьev - bir butun darsga mo’ljallangan ta’limning bir shakli, bilimga qiziqishni o’stirishning bir shakli, V.I.Sereda, M.G.Zaxarov, K.S.Momentova – sinfdan tashqari ish shakli yoki darsning bilim saviyasini kengaytirish sharti, P.Musaev, R.Qurbonniyozov, V.V.Nikolina, G.S.Kulinch, O’.Safarov,A.Xayitov, O.Mo’minov – o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash, bilim berish va rivojlantirishga yordam beruvchi o’qish va o’qishdan tashqari shakl M.Abdurahmonov, B.Abdurahmonov – geografiya ta’limi samaradorligini oshirish shakli deb fikr bildirganlar . Ular tomonidan didaktik o’yinlarning geografiya darslarida va darsdan tashqari vaqtlarda tashkil etish va o’tkazish metodikasi ishlab chiqilgan. Didaktik o’yinli darslar orqali quyidagi funktsiyalar amalga oshiriladi: - Ta’lim-tarbiya berish; - SHaxsni rivojlantirish; - O’quvchilarni ijodiy faoliyatga yo’naltirish; - Bilimlarni nazorat va tahlil qilish; - Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo’naltirish; - O’quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish.
Didaktik o’yinli darslarni o’quvchilarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga ko’ra syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin. O’qituvchi avval o’quvchilarni individual, so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng, ommaviy o’yinlarga tayyorgarlik ko’rilishi lozim. CHunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi, bundan tashqari sinf jamoasi o’rtasida o’zaro hamkorlik,o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

Yüklə 102,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin