Ta’lim vazirligi



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə17/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
MFO\'M kurs ishi

Ishbilarmonlar o’yini- jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirib, o’quvchilar ma’lum bir vazifani, topshiriqni bajarish orqali bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bilan bir qatorda, kasbiy sifatlarni tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo’llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo’ljallangan didaktik o’yinlar ishbilarmonlar o’yini deyiladi. Ishbilarmonlar o’yini ham boshqa o’yinlar kabi, o’qituvchi va o’quvchilardan puxta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Didaktik o’yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.
1. Didaktik o’yin davomida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo’llarini aniqlash va loyihalash;
2.O’quvchilarni didaktik o’yinning maqsadi va vazifalar bilan tanishtirish, didaktik o’yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash va har bir o’quvchiga tegishli aniq yo’llanmalar, ko’rsatmalar berish.
3. Mazkur o’quv-bilish xarakteridagi muammoli vaziyatlarni hal etishda o’quvchilarning avvalgi mavzulardan o’zlashtirgan bilim ko’nikma va malakalarni tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash imkoniyatlarini aniqlash.
4. O’quvchilarning didaktik o’yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish;
5. Ta’lim-tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etilgan darsda o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo’lishi kerakligini qayd etishi lozim (19).
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlarning asoslarini, jumladan Geografiyani, xususan “Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanini juda yaxshi o’zlashtirgan, bilimdon, zukko shaxslar bozor iqtisodiyoti sharoitida, jamiyatda o’z o’rnini topishi, ko’proq tadbirkorlik bilan shug’ullanishlariga imkon yaratilishi qayd etiladi. Agar ular fan asoslarini yaxshi bilmasalar, tadbirkorlik bilan shug’ullana olmasliklari, shug’ullansalar ham o’z birjasiga yoki korxona-kontserniga foyda keltira olmasliklari, oldi-sotdi jarayonlarida inqirozga duch kelishi va ish o’rinlarini yuqotishlari mumkin. Respublikamizda “Toshkent”, “Turkiston”, “Osiyo” va shu kabi tovar birjalari, xorijiy mamlakatlar bilan ko’shma korxonalar, fermer xo’jaliklari bo’lib, ular jahonning juda ko’p mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik ishlarini amalga oshirib, sanoat korxonalariga ko’proq xom-ashyo, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, chorva mollari xarid qilib, ularni aholiga yetkazib berish bilan shug’ullanayaptilar, shu sababli bunday birjalarda ishlaydigan ishbilarmonlar qishlok xo’jaligining nazariy asoslari bo’lgan Geografiya fan asoslarini yaxshi bilishlari kerak. Modomiki shunday ekan, Geografiya darslarida bozor iqtisodidagi muammolari hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda eng dolzarb muammo hisoblanadi.

Yüklə 102,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin