Dars o`tish metodi va usullari: Blits-savol, didaktik o’yinlar texnologiyasi (konferentsiya darsi)
Asosiy tushunchalar va TAYANCH bilimlar:Hudud omili, iqtisodiy-geografik o’rin omili, tabiiy resurs omili, transport omili, mehnat resurslari omili, hududiy konsentratsiyalashish omili, fantalab omil, ekologik omil.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
v) sinf tozaligini tekshirish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash bo`yicha blits-savollar: Geografik mehnat taqsimoti nima?
Xalqaro geografik mehnat taqsimoti nimani anglatadi?
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima?
FTIning jahon xo’jaligi rivojlanishining sur’atlari va darajasiga qanday ta’sir ko’rsatgan?
FTI jahon xo’jaligining eng muhim nisbatlariga qanday ta’sir ko’rsatgan?
FTI moddiy ishlab chiqarish tarkibi o’zgarpishiga qanday ta’sir ko’rsatgan?
FTI xo’jalikning hududiy tarkibiga qanday ta’sir ko’rsatgan?
II. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish O’qituvchi ushbu darsni o’tishdan bir hafta oldin o’quvchilarni 5ta guruhga ajratadi va ularga Geografiya, iqtisod, ekologiya, geologiya, transport, demografiya fanlari sohasida faoliyat ko’rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.
III. Yangi mavzuni o’rganish: O’quvchilarning guruhi o’qituvchining tavsiyasiga binoan o’z mutaxassisliklariga tegishli bo’lgan quyidagi mavzulardan biri bo’yicha ma’ruza tayyorlaydi.
1. Hudud omili;
2. Iqtisodiy-geografik o’rin omili;
3. Tabiiy resurs omili;
4. Transport omili;
5. Mehnat resurslari omili;
6. Hududiy konsentratsiyalashish omili;
7. Fantalab omil;
8. Ekologik omil.
A.O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.