Ta’lim vazirligi



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə22/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
MFO\'M kurs ishi

Matbuot konferentsiyasi
Matbuot konferentsiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv - bilish faoliyati faol bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’qituvchining matbuot darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. O’qituvchi matbuot konferentsiyasini o’tkazishdan bir hafta avval sinf o’quvchilarini ikki guruhga bo’ladi. Ularning taxminan 30% tabiiy geografiya sohasida ishlayotgan olimlar va soha mutaxassislari, qolganlari respublikamizda nashr qilinadigan gazeta va jurnallarning muxbirlari rolini bajaradilar.
O’yin mashqlar
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchining ilmiy-metodik saviyasiga va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi, zamon bilan hamnafasligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko’nikmalariga bog’liq bo’ladi.
Geografiyani o’qitishda, boshqa didaktik o’yinlar bilan bir qatorda o’yin mashqlardan o’z o’rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
2.3 Geografiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasi
Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki, u 1920 yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dьyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan.
Loyihalash texnologiyasi bo’yicha hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belьgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlar­ning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda.
Loyihalash texnologiyasining asosiy g’oyasi - amaliy yoki nazariy ahamiyat­ga molik bo’lgan muammoni hal etish jarayonida ko’zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo’lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo’lsa, amaliyotga qo’llash masalasi bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O’quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini egallagan bo’lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo’llarini izlashlari bu borada avval o’zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog’lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.

Yüklə 102,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin