Ta’lim vazirligi



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə24/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
MFO\'M kurs ishi

Loyiha muddatiga ko’ra:

  • Qisqa muddatli

  • Uzoq muddatlilarga ajratiladi.

    Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalarning tuzilishi juda yaxshi ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiya­ti, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va tajribalar o’tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo’lishi kerak.
    Mazkur loyiha mantiqan to’lig’icha ilmiy-tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning yechimiga mos va bo’ysingan bo’lishi kerak. Loyihaning ushbu turi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosining predmeti va ob’ekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich aniqlanishi, muammolarni hal etish bo’yicha farazlarni ilgari surish, uni hal etishning tadqiqot o’tkazish va tajribalar qilish yo’llarini ishlab chiqish, olingan natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish uchun yangi muam­mo­larni belgilanishi lozim.
    Ijodiy loyihalar. Mazkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ularning mantiqiy strukturasi avvaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko’ra loyihaning yo’nalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada ko’zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qo’yiladi.
    Rolli o’yin loyihalari. Ushbu loyihalarda struktura aniqlanmay­di va ish tugagunga qadar ochiq bo’ladi. Loyiha qatnashchilari muayyan rollarni bajaradilar. Rollarga muvofiq holda ularning vazifalari aniqlanadi. O’yin syujetiga muvofiq ular rollarni bajarishi, tegishli hollarda “mansabdor shaxs” sifatida muloqotga kirishishi, bunda mavjud qobiliyat va iste’dodlari, o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini safarbar etishlari lozim.
    Izlanish xarakteridagi loyihalar. Loyihalarning bu tipi muayyan bir mavzu bo’yicha axborot va material to’plash, to’plangan axborot va materiallar bilan loyiha qatnashchilarini tanishtirish, ularni tahlil qilish, faktlarni umumlashtirish, olingan natijalarni rasmiylashtirish­ni o’z ichiga oladi. Mazkur loyihalar tadqiqot xarakteridagi loyihalar bilan uyg’unlashib ketadi va uning bir qismiga aylanishi mumkin.

    Yüklə 102,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin