Ta’lim vazirligi



Yüklə 102,19 Kb.
səhifə21/26
tarix25.04.2023
ölçüsü102,19 Kb.
#102184
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
MFO\'M kurs ishi

Fantalab omil. FTI davrida fan-texnika ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida juda muhim omil bo`lib kelmoqda.
Ekolog olimlar: Ekologik omil- avval ham bo’lgan bu omil FTI davrida alohida ahamiyat kasb etdi. Suvning yetishmasligi, sanoat chiqindilarini tozalashga ajratilayotgan harajatlarning o’sib borishi, yuqori darajada industrlashtirilgan va urbanizatsiyalashtirilgan rayonlarda atrof-muhitning yomonlashishi qator hududlarda ishlab chiqarish va aholini yana ham konsentratsiyalashuvini cheklashda muhim sabablar bo’lib hisoblanmoqda.
S. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o’tkaziladi.
D.Ilmiy konferentsiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni takidlab, yakunlaydi.
III. Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini nazorat qilish va o’quvchilarni baholash.
A. Yangi mavzu yuzasidan savollar:

  1. FTI ning jahon xo`jaligiga ta’siri nimalarda o`z ifodasini topdi.

  2. Hudud omili xo`jalikning hududiy tarkibiga qanday ta’sir qiladi?

  3. Mehnat resurslari omiliga baho bering.

B. Yangi mavzu yuzasidan topshiriq: Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari klasterini to’ldiring.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.


IV. Darsni umumiy yakunlash.
V. Uyga vazifa berish: Mavzuni o`qib kelish, darslikdagi amaliy ishni bajarish, savollarga javob yozish.

O’qituvchi konferentsiya darsini o’tishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Mazkur dars o’tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon etilib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir o’quvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning ihtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo’llovchi o’qituvchining muloqot madaniyati, o’zaro yordami o’quvchilarning darsga qizg’in tayyorgarlik ko’rishning muhim omili sanaladi.



Yüklə 102,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin