Ta’lim vazirligi


XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O’RNINI YAXSHILASH



Yüklə 73,8 Kb.
səhifə14/19
tarix01.12.2023
ölçüsü73,8 Kb.
#170546
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
” fanidan kurs ishi mavzu

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING O’RNINI YAXSHILASH


Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining mavqeini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 7- martdagi PF-8756-sonli Farmoni “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’mini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida” qabul qilindi.
Farmonda:

  • xalqaro reyting va indekslarning ma’lumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi O’zbekiston Respublikasining o’mini yaxshilash bo’yicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, maslahatchi va mutaxassislarni jalb kilish;

  • xalqaro ekspert, maslahatchi va mutaxassislar bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlash, ularni respublikaga taklif qilish va olib borilayotgan islohotlar ko’lami bilan yaqindan tanishtish, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirok etishi, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtish belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli ko’rsatkichlarga erishish uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilash va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish yuklatilgan.
Jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini izchil ta’minlash maqsadida 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida 2018- yil 21- sentyabrda, PF-5544-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonda Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifasi sifatida mamlakatimizning 2030- yilga borib Global innovatsion indeks reytingi bo’yicha jahonning 50 ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan.
Ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi va resurs tejamkorligining yuqori darajasi tegishli innovatsion talabni shakllantirishni taqozo etmoqda. Muammoning ushbu jihati qator xalqaro reytinglar ham tasdiqlaydi, jumladan ulardan eng nufuzlilaridan biri - Sof texnologiyalar global indeksi (The Global Cleantech Innovation Index). Mazkur indeksni shakllantirishda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida innovatsiyalar bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar qaysi mamlakatlarda eng faol harakat qilishi va ularning mahsuloti qanday qilib bozorda o’z o’mini topishi masalasini tadqiq qiladi.

  1. Yüklə 73,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin