Jinoyatchilik, giyohvanlik, terrorizm, ifloslanishlar, kasalliklar, qurollar, qochoqlar va migrantlar - bularning hammasi u yoqdan - bu yoqqa ilgariga qaraganda katta tezlikda va katta hajmda harakatlanmoqda.
Kambag’allik. Keyingi yarim asr mobaynida beqiyos iqtisodiy yutuqlar qo’lga kiritildi. 2,8 mlrd. kishi yoki yer yuzi aholisini yarmi 2 AQSH dollari qiymatidan kamroq pulga kun kechiradi. Haligacha 1, 2 mlrd. odam kuniga bir AQSH dollaridan kam mablag’ hisobiga kun kechirmoqda.
Kamag’allaming ko’pchiligi Janubiy Osiyoda yashaydilar. Kamag’allaming eng yuqori xissasi Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlariga to’g’ri keladi. Bu erda odamlarning 46,3 % - mintaqaning qariyb yarim aholisi kambag’allikda hayot kechiradi.
Qariyb bir milliard odamlar savodsiz, bir milliardan ortiq odam toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, 840 mln. odam ochlik iskanjasida yoki oziq-ovqat yetarli emas, besh yoshgacha bo’lgan barcha bolalarning uchdan bir qismi qorinlari to’ymaganlikdan azob chekadilar.
Yer kurrasi aholisining beshdan bir qismi (20 foiz) katta daromad olish mumkin bo’lgan mamlakatlarda yashaydi, ular xissasiga jahon yalpi ichki mahsulotning 86 foizi to’g’ri keladi. Eng kambag’al mamlakatlarda yashaydigan beshdan bir qism aholiga esa yalpi ichki mahsulotidan bir foizi to’g’ri keladi.
Kamag’allik ko’lamlarini qisqartirishning milliy va xalqaro maqsadli ko’rsatkichlari quydagilardan iborat:
assosiy xizmatlardan bahramand bo’lish;
sermahsul bandlik;
turmush kechirish uchun barqaror imkoniyat manbalari;
Sammitda kambag’allikni bartaraf etish bo’yicha 117 mamlakat o’z zimmasiga majburiyatlar oldilar.
Iqlim o’zgarishlari. Ilgari global muhit odamlarni o’zgartirgan, endi esa odamlar muhitni o’zgartirib yubormoqdalar. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish yer atmosferasida yuz berdi.
Bu ayniqsa, karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), va azot okisi (N2O) singari —parnik” gazlariga taaluqlidir.
Mazkur muvozanatni ko’mir, nelt, tabiy gaz yoqish va atmosferaga juda katta hajmda karbonat angidrid chiqarish natijasida sodir bo’layapti.
Agar ular xuddi hozirgi sur’atlada ajralib chiqaveradigan bo’lsa atmosferadagi karbonat angidrid gazining miqdori, XXI asrda shubhasiz sanoat taraqqiyoti davriga qadar bo’lgan darajaga qaraganda qariyb ikki barobar oshib ketadi. Agar parnik gazlari ajralib chiqishini qiqartirish choralari ko’rilmasa, ularning miqdori 2010 yilga borib uch barobariga ko’payishi ehtimoldan yiroq emas.
Iqlim o’zgarishlari uzoq davrlar mobaynida juda muhim muammo sifatida tan olib kelingan edi. 1979 yilda iqlim o’zgarishlari to’g’risida o’tkazilgan Birinchi butunjahon konferensiyasida iqlimning o’zgarishi inson faoliyatiga qanday ta’sir etishi mumkinligi maslasi ko’rib chiqildi. 1992 yilning may oyida Nyu-Yorkda ushbu muammoni bartaraf etish bo’yicha Konvensiya qabul etildi va Rio-de-Janeyroda 154 davlat va Yevropa hamjamiyati tomonidan imzolandi. Konvensiya 21 martda kuchga kirdi., 2000 yilga borib uning qatnashchilarining umumiy soni 184 taga etdi.
1990 yilda Iqlim o’zgarishlari bo’yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi o’zining birinchi baholovchi hisobotini chiqardi. 1995 yilning dekabrida Iqlim o’zgarishlari bo’yicha hukumatlararo ekspertlar guruh o’zining ikkinchi baholovchi hisobotini chiqardi. 1997 yilning dekabrida, Yaponiyada Konvensiyaga imzo chekkan davlatlarining uchinchi konferensiyasida qariyb yuz ming delegat, sharhlovchi va jurnalistlar tarixiy Kioto protokolini qabul etilishining guvohi bo’lishdi. Kioto protokoliga binoan:
sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar ajralib chiqayotgan parnik gazlari umumiy xajmini 2008-2012 yillarga borib 1990 yilgi darajaga nisbatan kamida 5% qisqartirish uchun rasman majburiyat oldilar, ko’pchilik Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlari 8 foiz, AQSH 7 foiz, Vengriya, Kanada, Yaponiya va Polsha 6 foiz qisqartirishlari kerak. Ajrayotgan gazlarni Norvegiya 1 foiz, Avstraliya va Islandiya 10 foiz qisqartirishlari kerak;
asosan oltita parnik gaziga, jumladan, karbonat angidrid, metan, azot oksidi, ftorli uglevodorod, perftoruglerodlar va elegazlarga e’tibor qaratildi;
gaz ajralib chiqishini qisqartirish ishonchli va tekshirib aniqlash imkoni bo’lgandagina tan olinadi.
Protokolda emissiyani qisqartirish borasida qo’ydagi strategiyalarni belgilab berilgan:
uglerodni ko’p chiqaradigan tadbirlarga sarf etiladigan maxsuldorligini asta- sekin qisqartirish;
eng yaxshi texnologiyalarni qo’llashni rag’batlantirish, energiyani tejab- tergaydigan va boshqa me’yorlarni joriy etish;
jamotchilik transportinining takomillashgan tizimini ishlab chiqish va yaratish;
odamlarning o’zlarining shaxsiy avtomobillardan emas, balki jamoatchilik transportidan ko’proq foydalanishlarini rag’batlantirish;
yanigi uylar va jamoatchilik binolarning kam miqdordagi yoqilg'i bilan isitilishi uchun qurilish me’yorlariga talabchanlikni oshirish.