10-jadval Mamlakat to`lov balansining taxminiy ko`rinishi (raqamlar shartli)
To`lov balansida barcha iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruxga bo’linadi: joriy operatsiyalar va kapital xarakati bilan boglik operatsiyalar (10-jadval). Shunga ko’ra to`lov balansi struktarasi ham ikki qismdan iborat:
1. Joriy operatsiyalar xisobi;
2. Kapital xarakati xisobi.
Joriy operatsiyalar xisobida maxsulotlar va xizmatlar eksporti «plyus», import esa «minus» ishoralari bilan belgilanadi. Ya’ni, joriy operatsiyalar xisobida ichki mahsulotlar eksporti kredit, aksincha mamlakatga maxsulotlar olib kelish - import esa debet sifatida ko’rsatiladi. Chunki, maxsulotlar eksporti xorijiy valyuta ishlab topib, mamlakat valyuta zaxirasini boyitsa, import esa mamlakatdan valyuta chiqib ketishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida mamlakat valyuta zaxirasini kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |