X – M = Xn = Y-(S+I+G);
Bu erda:
X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
S + I + G -YAIMning bir kismi (absorbtsiya)
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo`lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo`ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o`rtasidagi farqni bildiradi. Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo`lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko`proq olib keladi.
Misolimizga aksincha mamlakat joriy operatsiyalar bo`yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo`ladi. Bunda mamlakatda chet elda ko`chmas mulkni sotib olish yoki boshka mamlakatlarga qarzga berishga yo`naltirilishi mumkin bo`lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |