Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko`paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. Shuning uchun kapital xarakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko`rsatadi. Kapital xarakati xisobining ijobiy koldigi mamlakatda kapital ko`payishini bildirsa, uning salbiy qoldig’i mamlakatda kapital kamayishini bildiradi. Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital harakati balansi o`zaro chambarchas bog’lik. Bizning misolda birinchisining taqchilligi (-87) katta kismi (+63) kapitalning sof oqib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat qoldiqqa ega bo`lsa, kapital xarakati hisobi balans bo`yicha manfiy qoldiqqa yo`l qo`yilgan bo`ladi. Shunday qilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib bora
Dostları ilə paylaş: |