Joriy operatsiyalar hisobi balansi
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farki tashki savdo balansining qoldigi deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chikishdan ko`ra ko`prok olib keladi (-75).
Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sugurta, sayyoxlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo`lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo`lgan operatsiyalarda xam mamlakat xorijiy xizmatlarni ko`proq oladi ya`ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyahlarga nisbatan ko`prok boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sugurta xizmatlarini ko`rsatish xajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sugurta kompaniyalari ko`rsatadigan xizmatlar xajmiga qaraganda yuqoriroq va x.k. Bu operatsiyalar bo`yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12).
Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo`yicha to`lovlarni o`z ichiga oladi. Agar xorijga ko’yilgan milliy kapital uchun chet to`lovlari bo’yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to`lanadigan to`lovlar miqdoridan ko`p bo`lsa, unda sof daromad musbat bo`ladi (+8).
Transfert ko`rinishida pul o`tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to`lanadigan nafaqalarni, muxojirlarning xorijdagi o`z qarindoshlariga pul o`tkazmalari, turli ko`rinishdagi hukumat yordamlarini o`z ichiga oladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xorijga jo`natilayotgan pul o`tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya`ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valyuta zaxiralarini kamaytiradi (-8).
Joriy hisoblar bo`yicha barcha operatsiyalar yigindisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga bo’lgan talab uning eksport operatsiyalari ta`minlaydigan taklifdan ortiq bo`lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha kamomadga ega.
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi:
Dostları ilə paylaş: |