Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 156,23 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü156,23 Kb.
#191495
1   2   3
Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va v

Kompyuter turlari.

  • Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish va chiqarish qurilmalari.

  • Axborotlarga ishlov berish qurilmalari va ularning tasnifi. Imkoniyati cheklangan shahslarning kompyuterdan foydalanishi.

  • Protsessor texnologiyasi.

    Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy kompyuterlar, kompyuter turlari, kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari: monitor, klaviatura, protsessor va uning ichki qurilmalari, sichqoncha; printer, skaner, modem, faks-modem, proyektor (doskasi), veb-kamera, UPS, XUB, kolonkolar (ovoz kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD disklar, flеsh disk.
    Hozirgi vaqtda inson xayotiga kompyuter jadal kirib kelmoqda. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va taxlil qilish, telefon aloka orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Yakin kelajakda kompyutersiz xayotimizni tasavvur qilib bulmaydi. Shuning uchun har bir kishiga tushunarli bo‘lgan kichik hajmdagi bilimlar juda kerak bo‘ladi.
    Inson xisoblay boshlashidagi dastlabki xisoblash vositasi bo‘lib odamlarning barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan (sabab barmoqlar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy xisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan. Sungra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlik soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.

    Ammo odamzod, uziga uxshash mexanik mashinani - yordamchini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik xisoblash mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi xam aslida birinchi bo‘lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematiki Leonardo da Vinchining nashr etilmagan kulyozmasida 13-ta raqamli sonlarni kushi shva ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi xamda Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo‘llanilmagan bo‘lib qolgan. Mexanik xisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki sahifalaridan biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan boglik. U 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga uxshash mashinalar juda kup qo‘llanar edi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.

    1885 yilda amerikalik ixtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi.

    Universal avtomatik xisoblash mashinani yaratish goyasi va loyixasi Kembridj universitetining profesori Charlz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loixasi bo‘yicha bu mashina xotira qismi, xisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo‘lishi shart edi.
    XIX asrning oxirida va XX asrning urtalarida fan va texnikaning barcha sohalarida juda kuplab kashfiyotlar va ixtirolar kilindi. Bu kup mexnat talab qiladigan mashinalarni yaratishga zarurat paydo kildi. Beybidjning loyixasi asosida kup olimlar mashinalar yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik xisoblash mashinani - TABULYaTORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bo‘lib perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi. 43-ta Xollerit tabulyatorlari 1890 yilda bo‘lib utgan 11-chi Amerika axolini ruyxatdan o‘tkazishda ishlatilgan.

    1930 yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta elektromexanik analogi - DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan. Ushbu mashinada ma’lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo‘llanilgan. 1941 yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi xisoblash mashinani yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EXM (elektro xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning harbiylari uchun amerikali injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida ogirligi 35 tonnali EXM yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi. 1946 yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi universal to‘liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, leykin uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 kupaytirish yoki 5000 qo‘shish amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartarab qilish uchun olimlar juda kup mexnat kilar edi. Birinchi EXM lar avlodi lampali deb nomlanadi. 1947 yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardin iva V. Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EXM lari tranzistorli deb nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EXM - EDSAC nomli EXM yaratildi. 1959 yilda Robert Noys (INTEL firmani aratgan odam) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chiqardi va shuning uchun uchinchi EXMlar avlodi katta integral sxemali deb nomlanadi. Shu yilda amerikali injeneri Duglas Endjelbart xozirgi sichqoncha qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi. 1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprosessorni kashf etgan (bita kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EXMlar avlodi boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
    1973 yildan boshlab EXM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda fransiyadagi Truong Trong Ti firma tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firma tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‘rinishda ochish prinsipi qo‘llanilgan.
    1977 yilda Apple Computer firma tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmass korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan.
    1980 yilda Osborne Computer firma birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‘lgan va narxi atigi 1795 dollar bo‘lgan.
    1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firma tomonidan personal kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga tanikli bo‘ldi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC (personal computer).
    Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning qurilmalari
    Kompyuter o‘zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyb kashfiyotlaridan biridir. Xozirgi kunda kompyuter xayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, xozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va chizmachilik ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavur qilish mumkin emas.
    Kompyuterning asosiy qismlari:
    Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo‘lib, uning ichida ona platasi, mikroprosessor, kattik disk (vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar (kontrollerlar yoki adabterlar), elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilar bor. Bu qism bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.


    Monitor - displey yoki ekran. Ma’lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal uzunligi 14 - 27 dyuymgacha) va nuktalar urtadagi masofa (0,25 - 0,39 milimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo‘ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo‘lsa, shuncha shu monitor kuprok ma’lumotlarni kusata oladi. Qancha nuktalar urtasidagi masofa kichkina bo‘lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar anik holda kurinadi

    Klaviatura. Ma’lumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo‘yicha farqlanadi.Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.



    Sichqoncha. Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo‘yicha farqlanadi.


    Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlar lazer, matrisali (ignali) va sepuvchi turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani sifati va narxi, xamda ranglar bo‘yicha farqlanadi. Matrisali printerlar pechatlash moshinaga uxshagan holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma urtasida kora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga urganda qog‘ozda nuktalar paydo bo‘ladi. Bu printerlar narxi urtacha, ular juda sekin va shovkin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, leykin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo‘ladi. Sepuvchi printerlarda qog‘oz ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuxta koldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular urtacha tezligda va urtacha shovkin bilan ishlaydi, bosmaning sifati urtacha, rangli bo‘lishi mumkin, bosmani narxi kimat. Ishlash vaqtida kraskalar kerak bo‘ladi. Lazer printerlarni pechatlashi kserokslar ishlashiga uxshash holda bo‘ladi. Qog‘oz magnitlangan qurilma ustidan utib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus poroshok joylashgan qurilma tagidan utib magnitlangan joylarga poroshok yopishadi va keyin issik qurilma ustidan qog‘oz utib shu poroshok eridi va nukta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezligda va shovkinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi urtacha. Ishlash vaqtida poroshok kerak bo‘ladi.
    Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo‘yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma’lumotlar tovush holatida bo‘ladi, kompyuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o‘tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o‘tkazadi. Bu holat modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan.
    Skanerlar. Tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.
    Aktiv kolonkalar. Musika va har xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo‘yicha farqlanadi. va xokazo.



    P royektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik o‘lchamda tasvirlash uchun ishlatiladigan qurilmalardir. Unda tasvir o‘lchami ekranda yirik holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘proq katta auditoriyalarda va zallarda hamda turli majlislarda prezintasiya va videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.
    Videoproyektor kompyuter va shunga o‘xshash namoyish vositalarining alohida qo‘shimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik hajmda tasvirlash uchun mo‘ljallangan.
    E kran - videoproyektor orqali yoritilayotgan materiallarni o‘zida tasvirlovchi element.


    Kamera (web-kamera) – kompyuter xotirasi kichik lavhalarni, tasvirlarni va suratga olish, rasm tushirish uchun mo‘ljallangan qurilma.
    Sistema bloki
    SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi:
    1. Ona PLata(MB-Mother Board).
    2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit).
    3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory).
    4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive).
    5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter).
    6 Blok Pitaniya (ATX).
    7. Diskovot (DVD-RW, Floppy)....
    Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga va HDD ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida) joylashgan BIOS dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan qurilmalarni tekshirish uchun ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi fayli BOOT.exe joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va operatsion tizimni ishga tushiradi.
    Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga qattiq diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi. Qachonki siz biror dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida bosishingiz mikroprotsessor uchun operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!" buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda shu dastur joylashgan qattiq diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham dasturning kerakli qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. Shunda operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz, masalan "natijani xotirada saqla!" - mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun ishlatiladigan qismini chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga tegishli ekanligini keyingi kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini (masalan Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib qo'yadi, masalan hujjat_nomi.docx.


    Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha xisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichkina, to‘rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda xisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
    Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...).
    O na platasi Mother board - Asosiy elektrosxema bo‘lib unga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari o‘rnatiladi, kattik disk va disk yurituvchilari ulanadi.
    D isk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.




    Elektr ta’minlovchi blok - Har bir kisimning uziga mos elektr-kuvvat extiyojini ta’minlovchi blok.


    Sichqoncha va klaviaturada bajariladigan amallar
    Kompyuterning asosiy kisimlaridan biri bu sichqoncha. U 3 xil bo‘ladi: standart, trekbol va sensor panel. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor panel bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan temir sharik bor, u stol bo‘yicha harakat kilganda maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu harakat kompyuterga junatiladi va ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichi (strelkasi) biz belgilagan yunalishda harakatlanadi.


    Sichqonchaning ikkita tugmasidan chap tugmasi asosiy, ung tugmasi esa yordamchi bo‘ladi. Asosiy tugma bilan biz tugmalarni bosamiz, amallarni tanlaymiz, rasm chizamiz va har xil obyektlarni chuzib joyini o‘zgartiramiz. Ung tugma esa bizga yordamchi menyuni ekranga chikaishda yordam beradi.
    Kompyuterning yana bir asosiy qismidan biri bu klaviatura. Klaviatura yordamida biz asosan ma’lumotlarni kiritamiz. Klaviatura harflar joylanishi bo‘yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bulinadi.

    Klaviatura 5 qismdan iborat:
    Asosiy yoki alfavit va raqamli tugmalar: Bu qismi 57 ta tugmadan iborat: 36 lotin harf va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar yozilgan. Har xil rangda yozilgan harflar, belgilar har xil til standartiga mos. Til standartini o‘zgartirish klaviaturalarda har xil (ung Alt va Shift yeki ikkita Shift yeki ung Ctrl va Shift tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. Shift - Agar siz harflar tugmasini bosgangiz u holda kichik harf kiritiladi, agar sizga katta harf kerak bo‘lsa u holda maxsus Shift tugmani bosib, qo‘yvormasdan shu harf tugmasini bosishiz kerak. Agar bitta rang bilan bir nechta belgilar yozilgan bo‘lsa u holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda siz maxsus tugmani bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak. Caps Lock - Bu tugma yordamida Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yokamiz yoki uchiramiz.
    Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
    Yordamchi tugmalar: Alt, Ctrl, Shift. Bu tugmalar hech qanday amal bajarmaydi, balki bo’larning yordamida boshqa tugma birgalikda bosilsa amal bajariladi.
    Boshqa (maxsus) tugmalar: Home - Satr boshiga utish. End - Satr oxiriga utish. PgUp - Bir sahifa yuqoriga utish. PgDn - Bir sahifa pastga utish. Insert - Belgilarni uchirib ustiga yozish yoki ularni siljitib urtasiga yozish holatini urtnatish. Delete - Keyin (ungda) joylashgan bitta belgini uchirish. Tab - Keyingi bo‘limga yoki qismga utish. Backspace - Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini uchirish. Enter - Yangi satrga utish yoki ma’lumotlarni kiritish. Esc - Oxirgi harakatdan voz kechish. Yo‘nalish tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, ungga va pastga siljitish.
    Yüklə 156,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin