Dual ta’lim tizimini joriy etish borasida olib boriladigan ishlar: Dual ta’lim tashkil etiladigan korxona va tashkilotlarni tuman Hokimligi tomonidan tarmoqlar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirgan ro’yxati asosida o’rganib chiqish;
Tuman Hokimligining tegishli bo’limlariga professional ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan kasblar bo’yicha ma’lumotlarni taqdim qilish;
Korxona (tashkilot)lar bilan professional ta’lim muassasasi hamda Korxona (tashkilot) va o’quvchi o’rtasida shartnoma tuzish;
Mehnat bozorida o’rta bo’g’in kadrlarga bo’lgan talab va takliflarni doimiy o’rganib borish;
Dual ta’lim dasturlari asosida tayyorlanayotgan kadrlarni baholash tizimini joriy qilish
Korxona (tashkilot) tomonidan o’quvchilarga biriktiriladigan har bir ustozga to’g’ri keladigan o’quvchilar va ish o’rinlari soni texnologik jarayonlarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda kelishuvga erishish
O’quvchiga dual ta’lim jarayonida tashkilotdagi mehnat faoliyati uchun tashkilot tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi to’lanishida takliflar berish;
Dual ta’lim jarayoni tashkilot bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan o’quv rejasi va o’quv jarayoni grafigi asosida tashkil etish.
Dual ta’limni tashkil etish va amalga oshirish bosqichlari: 1-bosqich - professional ta’lim muassasa va korxona o’rtasida shartnomaviy
munosabatlarni o’rnatish:
- ishchi guruh / muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish;
- dual ta’limni tashkil etish va amalga oshirish uchun me’yoriy-huquqiy
bazani yaratish;
- kasbiy standartlar va lavozim tavsiflarida qayd etilgan Ta’lim standarti va
ish beruvchining talablari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik – dual
kompetensiyalarni taqsimlash;
- ish beruvchining talablarini inobatga olgan holda ta’lim dasturlari
tarkibiga o’zgartirishlar kiritish.
2 bosqich - kasbiy ta’lim tashkiloti va korxona o’rtasida dual ta’limni amalga oshirish
uchun mas’uliyat sohasini taqsimlash:
- nazariya va amaliyotning o’zgarishini rejalashtirish;
- korxonada ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ish turlari ro’yxatini
muvofiqlashtirish;
- dual ta’limni o’tkazish uchun moddiy-texnik bazani tayyorlash / yangilash.
3 bosqich - dual ta’lim jarayonining elementlarini loyihalash:
- amaliy yo’nalishni hisobga olgan holda ish dasturlari tarkibini sozlash;
- nazorat va baholash vositalarini ishlab chiqish (topshiriqlarning mazmuni
va baholash mezonlari);
- korxonadan murabbiylarni tayyorlash va o’qitish dasturlarini ishlab chiqish;
- dual ta’limni hisobga olgan holda ish dasturlarini o’quv-uslubiy ta’minot
to’plamlarini ishlab chiqish.
4 bosqich - dual o’qitish jarayonini aprobasiya qilish va o’quv-uslubiy ta’minotni
sozlash:
- dual ta’lim jarayonini tashkil etish;
- samarali amaliyotga yo’naltirilgan ta’limga pedagogik va ishlab chiqarish
texnologiyalarini aprobasiya qilish;
- dual ta’limni amalga oshirishda mavjud kamchiliklarni aniqlash va tahlil
qilish, tuzatishlar kiritish.