Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Dual “ikkilik”, “ikki tomonlama” “bitta tashkiliy yaxlitlik”



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə8/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

Dual “ikkilik”, “ikki tomonlama” “bitta tashkiliy yaxlitlik” ma’nolarini anglatadi.
Dual ta’lim tizimi - bu o’quvchi o’quv muassasasida nazariy bilimlarni, ish joyidagi tashkilotda amaliy ko’nikmalarni oladigan mashg’ulot turi.
Dual o’qitish modeli professional va oliy o’quv yurtlarida qo’llaniladi va mutaxassislar bilan qiziqqan tijorat tashkilotlari va hukumat idoralari tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.
Dual ta’limni joriy etishning maqsadi:

  • Mintaqalarning investisiya jozibadorligini oshirish uchun iqtisodiyotning malakali kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishchi kadrlarni tayyorlash modelini takomillashtirish;

  • Biznes uchun tegishli kasblar uchun professional standartlarni ishlab chiqish;

  • Professional standartlar talablariga muvofiq ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va modernizasiya qilish;

  • Ta’lim dasturlarini tashkil etish va mazmuniga qo’yiladigan majburiy talablarni o’zgartirish;

  • Ishchilar malakasini mustaqil baholash mexanizmini ishlab chiqish;

  • Ishchilarni tayyorlashni moliyalashtirish uchun korxonalarni jalb qilish uchun soliqqa tortishni optimallashtirish.


Dual ta’limni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • korxona (tashkilot)dagi ishlab chiqarish sharoitlari bilan ta’lim muassasalari o’quv jarayonlarini o’zaro bog’lash;

  • o’quvchilarni mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta’limning ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini korxona (tashkilot)larda hamda nazariy va o’quv-amaliy qismini Ta’lim muassasalarida tashkil etish;

  • hududlarning investision jozibadorligini oshirish hamda iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish;

  • korxona (tashkilot)lar hamda ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorlik shartlari va modellarini ishlab chiqish;

  • ta’lim dasturlarini mehnat faoliyati bilan uyg’unlashgan holda amalga oshirgan holda kompetensiyalarni shakllantirish;

  • ta’lim dasturlarini ish beruvchilarning talablari va ulardagi texnologik yangilanishlar asosida takomillashtirib borish;

  • kadrlarni tayyorlash va ta’lim dasturlarini amalga oshirishni moliyalashtirish;

  • korxona (tashkilot)lar va ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro tarmoq hamkorligining shakl va uslublarini takomillashtirish;

  • bitiruvchilarni baholashda korxona (tashkilot)lar ishtirokini yanada kengaytirish;

  • turli yoshdagi aholi qatlamini tegishli kasb (mutaxassisliklar) bo’yicha kvalifikasiyalarni o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish.

Dual ta’lim zamonaviy professional ta’limning ta’lim standartlari asosida kompetensiyaviy yondashuvining asosiy tamoyillariga (nazariya va amaliyotning birligi, o’quv jarayonida fanlararo kompleks yondashuv, ko’nikma va bilimlarni kasbiy faoliyatda qo’llashga e’tibor) to’liq javob beradi.
O’zbekston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 23 sentyabrda imzolangan "Ta’lim to’g’risida"gi Qonunning 17-moddasida “Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni olishga qaratilgan bo’lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshirishi” belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasidagi ko’p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4145-son qaroriga qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyundagi PQ-4356-son qarorida kasb-hunar ta’limi milliy tizimiga uning elementlarini joriy etish maqsadida amaliyotga yo’naltirilgan o’qitish asosida dual kasb-hunar ta’limi va malaka oshirish tizimini o’rganish bo’yicha choralar ko’rish belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108-son Farmonida 2021/2022 o’quv yilidan boshlab:
amaliyotga yo’naltirilgan ta’lim dasturlarini joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi;
dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan o’quvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi to’lanadi;
professional ta’lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari asosida o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati berilishi belgilangan.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish maqsadida oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 163-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlanib, 4-ta bob hamda professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish sxemasidan iborat.Jumladan,
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Dual taʼlimni tashkil etish
3-bob. Tashkilot, professional taʼlim muassasasi va oʻquvchilarning vazifalari,
huquqlari hamda majburiyatlari
4-bob. Yakunlovchi qoidalardan iborat.
Nizomning birinchi bobida dual taʼlim tizimini joriy etishda qoʻllaniladgan asosiy tushunchalar mazmuni bayon qilingan:

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin