Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi


Germaniya va O’zbekiston ta’lim tizimidagi tafovutlar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

Germaniya va O’zbekiston ta’lim tizimidagi tafovutlar



Germaniya

O’zbekiston

1

Bolalar bog’chasi

Maktabgacha ta’lim

2

Boshlang’ich maktab

Umumiy o’rta ta’lim

3

Asosiy maktab

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

4

Real maktab

Oliy ta’lim

5

Gimnaziya

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

6

Birlashgan maktab

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

7

Oliy ta’lim

Maktabdan keying ta’lim

8

Malaka oshirish va qayta tayyorlash




Umuman olganda Germaniya taʼlim tizimi bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi:



  • Elementar taʼlim: maktab taʼlimining 1-bosqichiga tegishli boʻlib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bogʻchalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari boʻlib, bu yerlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga koʻra ixtiyoriydir.

  • Taʼlimning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlangʻich maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. Oʻqish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi taʼlimning maqsadi – bolalarga taʼlim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda taʼlimni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat.

  • Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yoʻnalishli bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga koʻra oʻquv muassasalarining kerakli turiga yoʻnaltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. Oʻquvchilar taʼlim haqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi.

  • Taʼlimning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori sinflari, shuningdek kasbiy taʼlim va muassasalarda kasbiy taʼlim kiradi. Muassasalarda kasbiy taʼlim “dual tizim” deb ham ataladi, unda taʼlim va ishlab chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu oʻqishni tugatish oʻrta taʼlimni tugatish bilan teng boʻlib, yakunida faqat kasbiy sohada oʻqishni davom ettirish mumkin. Gimnaziyada 3 yil oʻqib, oʻquvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy oʻquv yurtiga kirishga imkon beradi.

  • Taʼlimning uchinchi bosqichi oliy maʼlumot haqida diplom beruvchi oliy oʻquv yurtlari va malaka oshirish oʻquv muassasalari.

Germaniyada maktab taʼlimi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda taʼlim olishi shart. Maktab taʼlim tizimi kuyidagi bosqichlarga boʻlinadi:

  • boshlangʻich (primarstufe),

  • oʻrta (sekundarstufe I),

  • yuqori (sekundarstufeII)

Germaniyada maktabgacha taʼlim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bogʻchasi xayriya jamgʻarmalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham oʻz bogʻchasiga ega boʻlishi mumkin. Maktabgacha taʼlim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda oʻz fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlangʻich taʼlimga tayyorlashda bogʻchalarning oʻrni katta. Germaniyada sirtqi va masofaviy taʼlim haqida maʼlumotlar va ularning qiyosiy tahlili mavjudligi, guruhlarda ishlanib, har bir guruh taqdimotining tinglanishi, qoʻllab-quvvatlanishi; sifatni mustahkamlashga alohida eʼtibor berilishi; oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida doʻstona munosabat oʻrnatilganligi; ijodiy muhit yaratilganligi; korxonalarda oʻquvchilar uchun shartnoma asosida ishlash imkoniyati yaratilganligi; har bir oʻquvchiga tarqatma material kelgusi dars uchun berib yuborilishi; javob bera olmagan oʻquvchilarni ham oʻqituvchi xushmuomalalik bilan toʻgʻri yoʻnaltira olishi; taʼlim maqsadi individuallashganligi, Germaniyada malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining oʻziga xos xususiyatga egaligi kabilar bilan ahamiyatlidir.
Oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash borasida Avstriya, Bolgariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Finlandiya, Saudiya Arabistoni, Fransiya, AQSH va Kanada kabi davlatlarning ilgʻor tajribalari Oʻzbekiston professional taʼlim tizimining transformatsiyasini ilmiy yondoshuvlar asosida joriy etishga xizmat qiladi. Jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniyada boshlangʻich professional taʼlim dasturlari 9, 10-sinf bitiruvchilariga, Koreya Respublikasi, Finlandiya, Saudiya Arabistonida 9-sinf bitiruvchilariga beriladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistonida oʻquvchilar 9-sinfni bitirganidan soʻng oʻz xohishiga koʻra akademik taʼlimni yoki professional taʼlimni tanlash huquqiga ega boʻladi. Professional taʼlim muassasalarida kasb va mutaxassislik egallashlari, taʼlim olish davomiyligi boshlangʻich taʼlim dasturlari boʻyicha 3 yil (Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni), 1-5 yil (Avstriya), 2 yil (Fransiya), 1-3 yil (Germaniya, Bolgariya), 3 yil (Italiya, oʻrta professional taʼlim dasturlari boʻyicha 3 yil (Latviya), 2-3 yil (Germaniya, Koreya Respublikasi), 1-2 yil (Ispaniya), 1-4 yil (Buyuk Britaniya), 1 yil (Braziliya). Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturilari 2 yil (Koreya Respublikasi), 2-3 yil (AQSH, Kanada, Yaponiya), 2-5 yil (Saudiya Arabistoni), 2 yil (Braziliya) etib belgilangan. Ushbu mamlakatlarda boshlangʻich professional taʼlim hamda oʻrta professional taʼlim dasturlarini tugatgan bitiruvchilarga Oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida taʼlim olish imkoniyatlari beriladi.

Mehnat bozori talablariga mos kadrlarni tayyorlashda taʼlim jarayonini bevosita amaliyot bilan uygʻunlashtirilgan holda tashkil etish ish beruvchilarning ehtiyojlarini qondirishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Bu borada Germaniyaning Dual taʼlimi modeli bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida foydalanish boʻyicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, Germaniyada “dual taʼlim” modeli joriy qilingan. Unga muvofiq oʻquvchi oʻqishga kirishidan oldin ish beruvchi bilan shartnoma tuzadi. Shartnomaga muvofiq oʻquvchi haftada 2 kun taʼlim muassasida oʻqiydi 3 kun korxonada ishlaydi. Ishlagan davri uchun unga ish haqi toʻlanadi. Oʻqish tugaganidan soʻng oʻquvchi ishini shu korxonada davom ettirishi mumkin. Ushbu model asosida Oʻzbekiston professional taʼlim tizimida dual taʼlim prinsiplarini joriy etish ikkita asosiy masalalarni hal etishga xizmat qiladi. Bu borada Koreya Respublikasida ham yaxshi tajribalar joriy etilgan boʻlib, 9- sinf yakuniga koʻra yirik ish beruvchilar tanlov eʼlon qilib, stipendiya ajratish evaziga qobiliyatli oʻquvchilarni kasbiy taʼlim olishlarini ragʻbatlantiradi. Oʻqish yakuni boʻyicha ular mazkur korxonalarda ishni davom ettirishlari mumkin. Oʻquvchilarning bilimini baholash Mustaqil baholash (sertifikatlash) organlari tomonidan (Buyuk Britaniya), “dual taʼlim” modelida kasbiy taʼlimning nazariy qismi kollejlar, amaliy qismi esa maxsus komissiya tomonidan (Germaniya), taʼlim muassasasi qoshidagi komissiya tomonidan (Yaponiya) baholanadi.


Texnikum va kollejlarda Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” taʼlim prinsiplari joriy etiladi: oʻquvchilar haftaning maʼlum kunlarida kollejda nazariy bilim oladi, boshqa kunlari korxonaning oʻzida biriktirilgan usta rahbarligida toʻgʻridan-toʻgʻri kelajakda ishlaydigan ish oʻrnida amaliyot oʻtaydi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin