Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

Malakaviy ishning maqsadi xalqaro tajribalarga asoslangan dual ta’limning mazmun-mohiyati, vazifalari va o’quv jarayoniga joriy etish yo’nalishlarini o’rganishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishmoq uchun bitiruv malakaviy ish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:

  • Professional ta’lim tizimini shakllantirishda Davlat siyosatiga muvofiq, professional ta’limning asosiy maqsadi va vazifalarini belgilash;

  • Dual ta’limning mazmun-mohiyati, joriy etish zaruriyati va ahamiyatini o’rganish;

  • Dual ta’lim asosida o’quv jarayonini tashkil etish;

  • mehnat bozorini tahlil qilish va yangi talablar asosida texnikumning qabul takliflarini shakllantirish;

  • professonal ta’lim ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqish;

Jadval-1.1.
Kosonsoy sanoatda axborot texnologiyalari texnikumiga talabalarni qabul qilish ko’rsatkichlari


Ta’lim yo’nalishlari nomi


2020-2021 o’quv yilida qabul qilingan

2021-2022 o’quv yilida rejalashtirilgan

Jami


Shundan,

Hammasi


Kunduzgi ta’lim

Sirtqi ta’lim

Jami

Shundan,

Garant

To’lov-kontrakt

Garant

To’lov-kontrakt

1.

Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

26

20

6

20










20

2.

Kompyuter injiniring

16

12

4

30

30

6

24




3.

Elektr stansiyalari va tarmoqlari

16

10

6

20










20

4.

Buxgalteriya hisobi va audit

18

6

12

50

30

6

24

20

5.

Koʻchmas mulk va kadastr xizmati

12

5

7
















6.

Dasturiy injiniring










30

30

6

24




7.

Ishlab chiqarish ta’limi(tarmoqlar bo’yicha)










30

30

6

24




8.

Kutubxonashunoslik










30

30

6

24




9.

Dorivor va ziravor o’simliklarni qayta ishlash










30

30

6

24




10.

Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish










30

30

6

24




11.

Turizm










30

30

6

24







Jami

88

53

35

300

240

48

192

60



1-bob. O’zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimida dual talimni joriy etishning me’yoriy-huquqiy asoslari.



    1. Professional ta’lim tizimini shakllantirishda Davlat siyosati. Dual ta’limni o’quv jqrayoniga joriy qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari.

Hozirgi globallashuv sharoitida O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xalqaro hamjamiyatda obro’ va nufuzining oshishi, ishlab chiqarishni xalqaro integratsiyalashuvi hamda mehnat taqsimoti jarayonida malakali kasb-hunarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash dolzarb masalaga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 18 maydagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo’yicha Respublika komissiyasini tuzish to’g’risida”gi 4941-sonli Farmoyishi, 2018 yil 25 yanvarda “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-sonli farmoni hamda 2018 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3504-sonli qarori asosida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 maydagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi to’g’risidagi nizom tasdiqlash haqida”gi 391-sonli qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim muassasalari faoliyatini sarhisob qilish, yutuq va kamchiliklardan to’g’ri xulosa chiqarish, faqat oldinga intilish, ko’p yillik istiqbolli rejalar tuzish va uni sidqi dildan amalga oshirish, ta’lim jarayonida samarali yo’llarni izlash va tadbiq etish, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalash har bir rahbarning bevosita burchi ekanligini ko’rsatadi.


Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-son “O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori, talablaridan kelib chiqqan holda o’rta bo’g’in kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini qayta ko’rib chiqish, professional ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional taʼlim tizimini barpo etishning maqsad va ustuvor vazifalari, bir soʻz bilan aytganda, sohaning yangi missiyasi belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-sonli “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimiz tarixida yangi professional taʼlim tizimini tashkil etishga asos boʻlgan boʻlsa, 2020-yil 24-yanvarda davlatimiz rahbari oʻz Murojaatnomasida “Joriy oʻquv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi” deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida taʼkidladi. Yangi professional taʼlim muassasalarida taʼlim mazmuni, soni va sifati, taʼlim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida quyidagi tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi:
2020/2021-oʻquv yilida professional taʼlim tizimida respublika boʻyicha jami 725 ta taʼlim muassasasi, yaʼni 339 ta kasb-hunar maktabi, 200 ta kollej va 186 ta texnikum faoliyat koʻrsatishi belgilandi.

  • 1-toifa — kasb-hunar maktablarida taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi 2 yillik taʼlim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilari boshlangʻich professional taʼlim oladi.

Kasb-hunar maktablarida ustuvor yoʻnalish sifatida oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat koʻrsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi iqtisodiyotimizda muhim oʻrin egallagan 200 dan ortiq ishchi kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Kambagʻallikka qarshi kurash doirasida, avvalo, kam taʼminlangan oilalar farzandlarida tadbirkorlikka, biznesga, pirovard natijada daromad olishga yoʻnaltiruvchi bilim, malaka va koʻnikmalar hamda kompetensiyalar shakllantiriladi.

  • 2-toifa — kollejlarda taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, 2 yilgacha boʻlgan muddatlar davomida oʻqitishga moʻljallangan taʼlim dasturlari asosida oʻrta professional taʼlim mutaxassislari tayyorlanadi.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tasarrufida faoliyat koʻrsatadigan va shu sohadagi aniq ish oʻrni uchun mutaxassislar tayyorlaydigan ushbu kollejlarga maktablarning 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
Kollejlarda Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” taʼlim prinsiplari joriy etiladi: oʻquvchilar haftaning maʼlum kunlarida kollejda nazariy bilim oladi, boshqa kunlari korxonaning oʻzida biriktirilgan usta rahbarligida toʻgʻridan-toʻgʻri kelajakda ishlaydigan ish oʻrnida amaliyot oʻtaydi.

  • 3-toifa — texnikumlarda taʼlimning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan, kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida kamida 2 yil muddatga moʻljallangan taʼlim dasturlari asosida 11-sinfni tugatgan yoshlar oʻqitiladi.

2 yillik tahsildan soʻng bitiruvchilar oliy taʼlim muassasasida oʻqigan kasbi boʻyicha suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Bu tizim oliy maʼlumot olish niyatida boʻlgan koʻp sonli maktab bitiruvchilarini oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini yaqin kelajakda 50-60 foizga yetkazish uchun xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-5812-sonli farmonida:
Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
2020/2021 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etidi.
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablari;
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida o’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlar;
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integrasiyalashgan o’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan texnikumlar tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-son “O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” qarorida:
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim to’g’risidagi nizom;

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin