Dual ta’limni joriy etish bo’yicha korxona (tashkilot)
va ta’lim muassasasi o’rtasidagi ShARTNOMA Beruniy tuman “____”-________2021 yil
O’zbekiston Respublikasi professional ta’limning dual tizimini tashkil etish tartibi to’g’risida nizom asosida, dual ta’lim bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan professional ta’lim muassasasi–keyingi o’rinlarda “Ta’lim muassasasi” deb nomlanuvchi ___________________________________________________ning rahbari _____________________________bir tomonidan, ikkinchi tomondan dual ta’lim bo’yicha Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlaydigan Korxona (tashkilot) – keyingi o’rinlarda “Korxona” deb nomlanuvchi ____________________________________________ning rahbari ________________________ ______________________ dual ta’limni tashkil etishda, keyingi o’rinlarda “Tomonlar” deb nomlanuvchi mazkur shartnoma tuzdilar
1. ShARTNOMA PREDMETI. 1.1 ____________________________________________________ kasb (mutaxassislik) bo’yicha dual ta’lim asosida malakali kadrlar tayyorlashni hamkorlikda amalga oshirish majburiyatini oladilar.
1.2 O’quvchini mehnat faoliyati ishtirokchisiga aylantirish orqali ta’lim dasturining nazariy, o’quv-amaliy qismi professional ta’lim muassasasida, malaka hamda kompetensiyalarni shakllantirishni ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qism korxona (tashkilot)da tashkil etish.
2. TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI. 2.1. Korxona: Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Dual ta’limning muddatlari hamda korxona (tashkilot)ga yuborilayotgan o’quvchilar tarkibi bo’yicha ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
Dual ta’lim olish bo’yicha o’quvchilar bilan shartnomalar tuzadi va ta’lim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda o’quvchilarni qabul qiladi;
Har bir o’quvchi(lar)ga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini o’rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis usta biriktiradi;
O’quvchiga dual ta’lim jarayonida korxona (tashkilot)dagi mehnat faoliyati uchun qonun hujjatlariga muvofiq ish haqi to’laydi;
Korxona (tashkilot)da dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini amalga oshirilishini ta’minlaydi va yetarli shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlariga muvofiq o’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’quv modullari asosida kasb (mutaxassislik) bo’yicha o’qitish natijalari (kompetensiyalar)ni baholash jarayonini tashkil etadi;
O’quvchining kasb (mutaxassislik)lari bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasida ishtirok etadi;
Ta’lim muassasasi bilan birgalikda o’qitishning dual tizimida ta’lim berilganligi bo’yicha hisobotlarni tayyorlaydi.