Ta’limda boshqaruv” kafedrasi Professional ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə15/24
tarix08.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#67935
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
BMI-Uzokov Muhibillo (2)

XULOSA VA TAKLIFLAR
Dual ta’lim asosida tahsil olgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiya komissiyasida imtihonidan baholashlari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malaka va ko’nikmalarini nomoyon qilishlari uchun amaldagi modellashtirilgan real ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish;

  • xolis va mustaqil bo’lgan mutaxassislar shu jumladan ishlab-chiqarish korxonalari vakillaridan tashkil topgan ekspertlar guruhi tomonidan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarining «Ko’rgazmali shaklida o’tkaziladigan imtihon” natijalarini baholash;

  • bitiruvchilarning mahorati bilim va malaka darajalariga mosligini sinab ko’rish.

  • ta’limi muassasalarida mazkur imtihonni davlat attestasiyasiga tarkibiga kiritish – kadrlar tayyorlash sohasiga ta’luqli bo’lmagan, mustaqil mutaxassislar tomonidan uning sifatiga baho berish, qo’shimcha tadbirlar o’tkazmasdan mehnat bozori va kasbiy ta’lim sohasidagi masalalarning yechimini topishga yordam beradi.

Bitiruvchilarga:
Ko’rgazma shaklidagi imtihondan o’tgan bitiruvchilar qo’yidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi:
-ishlab chiqarish korxonalarida ehtiyoj baland bo’lgan kasblar yuzasidan kasbiy modullar bo’yicha egallagan malakalarini tasdiqlash va ta’lim muassasasining bitiruv bosqichida o’z ish o’rniga ega bo’lish imkoniyati yaratiladi;
-kasb yoki mutaxassislik bo’yicha diplomga ega bo’lish bilan birga malaka darajasi (razryadi) ni tasdiqlovchi xujjatga ham ega bo’ladi. Imtihonlarga qatnashgan va malaka pasportiga ega bo’lgan yosh mutaxassislarning ma’lumotlari tanlovning “ma’lumotlar bazasi”ga kiritiladi.
Ta’lim muassasalariga:
-ta’lim dasturlarining sifati va mazmunini obyektiv baholash imkoniyatini beradi;
-moddiy-texnika bazani obyektiv baholash imkoniyatini beradi
-o’qituvchi va pedagoglar tarkibining malaka darajasi baxolab boriladi

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin