SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 960
TA’LIMDA METOD VA VOSITALAR UYG'UNLIGI
Dilnura Nurali qizi Azamova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta’lim berish jarayonida metodlardan unumli va turli xil
texnologik vositalardan oqilona foydalanish, ta’lim jarayonini ushbu usul-vositalar
orqali osonlashtirish haqidagi tushunchalar yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar. Metod, metodika, ta’lim usuli, ta’lim metodi, vosita,
texnologiya, mazmun – mohiyati.
Metod — yunonchadan olingan bo’lib “metods” — usul, keng ma'noda yo‘l, biror
maqsadga erishish yo’li, usuli, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni
anglatadi.
Metod — tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan, kimlardir uni
qiziqarli usulda dars õtish bilan yana kimlardir ko'p nazariy bilimga ega bõlganlarni
tushunadi. Aslida esa metod bu ham õqituvchining bergan bilimi, o'rgatgan ishi ham
o'quvchining olgan ta'lim-tarbiyasi, o'quv-bilish faoliyati uyg'unlashgan tushunchadir.
Misol uchun, ertalab o’qishga borishimiz kerak. O’qishga borish bizning bosh
maqsadimiz. Yo’lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida
o’ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi to’tatamizmi, balki piyoda borgannimiz
ma'quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo’llashimiz mumkin bo’ladi.
Bulardan qay birini tanlash o’zimizga bog’liq, qay birida erishadigan yutug’imizning
ko’pligiga qarab yuqoridagi misolda aytib o’tilgan usullardan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: |