Ta’limda metod va vositalar uyg'unligi dilnura Nurali qizi Azamova



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#108188
1   2   3   4
ta-limda-metod-va-vositalar-uygunligi

Chet tillarni o’qitishda ham, yuqoridagi misol kabi, maqsadga ko’ra turli 
metodlar asosida dars jarayonlari olib boriladi. O’qituvchining metod salohiyati 
qancha yuqori bo’lsa, ya'ni maqsadni to’g'ri qo’yib unga mos metodni qo’llay olsa, dars 
maqsadi albatta amalga oshadi va o’quvchilar darsda o’rgangan bilimlaridan, unda 
orttirgan yangi ko’nikma va malakalardan mamnun bo’ladilar. Chet tilini o’qitish va 
o’rganish uchun ko’p soatli dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar 
minglab maqsadli jarayonlarni amalga oshirishi zarur bo’ladi. Demak, o’qituvchi va 
o’quvchi minglab metodlarni bilsa, qo’llay olsa, oldiga qo’ygan maqsadiga oson va 
muvaffaqiyatli erisha oladi. 
Metodika keng 
doirada 
mana 
shu 
dars 
jarayonlarida 
qo’llaniladigan 
sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid 
barcha metodlar majmuini ilmiy tarafdan o’rganadigan, rivojlantiradigan 
fan sifatida tushunish lozim. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 961
Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, metodika bu dars jarayonidagi turli 
maqsadlarga eltuvchi yo’llar, uslublar majmuasi bo’lib, uning o’qituvchi oldiga 
qo’yadigan savoli o’quvchi o’rganayotgan materialni qay darajada muvaffaqiyatli 
o’zlashtira olashi va rivojlantirishi demakdir. 
Ta’lim metodi o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik 
vazifalarni hal etish bo’yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o'quvchilaming o‘quv-
bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
Ta’lim usuli – o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va 
metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Masalan, o'qituvchilar ko‘p qo’llaydigan mashq 
manbasiga ko'ra amaliy metod hisoblansa, uni qo'llash esa bir nechta usullar yordamida 
amalga oshiradi. (mashqning qoidasini o'qib berish ( I-usul), bittasini namuna sifatida 
bajarib ko‘rsatish (2-usul), o'qituvchining ko’rsatgan namunasi asosida o'quvchilar 
tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o'quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni 
tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) hisoblanadi). 
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmunida ushbu tushunchalar kata rol o’ynaydi. 
Hikoya- ya’ni o’qituvchi tomonidan o'tayotgan mavzusiga oid dalil, fakt va voqealarni 
tõliq yoki qismlarga bõlib tasviriy vositalar yordamida qisqa va londa bayon qilinishi 
demakdir. Bunda õquvchining nutq ravonligini, sõzlarni o'z o'rnida qo'llay olishi, ifodali 
o'qishida, ularning yoshiga, aqliy faoliyatiga tayangan holda hikoya õqituvchi 
tomonidan bayon etiladi.
Suhbat - bu usul yoki metod qadimdan ma'lum bõlib, savol va javob shaklidagi 
dialogik ta'lim metodidir. Ushbu jarayonda õquvchilardan tezkorlik hamda faollik talab 
etiladi. Albatta bu metod orqali õquvchilar bilimlarini mustahkamlaydi, yangi bilimlarni 
egallaydi va tizimlashtirishga ijobiy natijalar beradi.
Tushuntirish - õqituvchi tomonidan tõplangan materialni isbot, tahlil, taqqoslash 
asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga qaraganda kõproq qõllaniladi. Ushbu 
jarayonni oson va samarali tushunish uchun ko'p hollarda kõrgazmali vositalardan 
foydalaniladi.
Ma'ruza - dalillarga asoslanib to'plangan katta miqdordagi materialni og'zaki tarzda 
bayon qilish hisoblanadi. 
Ko’rgazmali metodlardan foydalanish ta’lim vositalari bilan oz bo’lsada aloqador 
tushunchalardir. Ushbu metodlardan foydalanishda o’qituvchilarga ta’lim berishda 
darkor bo’ladigan vositalar ya’ni ko’rgazmali qurollar kerak bo’ladi.
Tasvir metodi – narsa va hodisalarning razmiy ko’rinishlari ya’ni chizmasi, rasmi 
orqali ko’rish. Amaliy metod – o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy holatda 
qo’llash ko’nikmasi.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan 
moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin