Ta’limda metod va vositalar uyg'unligi dilnura Nurali qizi Azamova



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#108188
1   2   3   4
ta-limda-metod-va-vositalar-uygunligi

www.scientificprogress.uz
 
Page 962
holatda foydalaniladi. Agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar 
esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi.
Ta’lim vositalari uchga bo’linadi:
1) Real vositalar (asbop uskunalar) 
2) Texnik vositalar (televizor, kompyuter, proektor) 
3) Chop etilgan o’quv materiallari (qo’lda tuzulgan bilimli oshirishda yordam beradigan 
mashqlar, krossvordlar, tarqatma materiallar). 
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, 
o‘quv - ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil 
etish va boshqarish vositalari kiradi. Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi 
tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv 
qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Bularning barchasi o’qituvchi o’tayotgan darsning 
samarali olib borishiga, o’quvchi uchun mavzu tushunarli bo’lishiga, tez yodda qolishga 
yordam beradi.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan texnologiya tufayli ta’lim vositalarida ham katta 
o’zgarishlar ro’y berdi. Taxtali doskalar vazifasini elektron doskalar o’zining bir necha 
qulay xususiyatlari tufayli egalladi, har bir honalarda televizorning yoki kompyuterning 
borligini aytmasak ham bo’laveradi. Masalan darsni video orqali o’rganish, qog’ozga 
chiqartira olmagan ma’lumot va mashg’ulotlarni kompyuter orqali ishlash, elekron 
doska orqali ham yozish ham har qanday faylni va videodan tortib qiziqarli o’yinlar 
tashkil etish o’qitishda o’rgatuvchiga har tomonlama qulaylik, sifat va samaradorlik 
imkonini beradi va o’quvchilarni esa tezkor idrok qilishga yo’naltiradi, bilimlarni 
egallashga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi, dunyoqarashini, axloqiy qiyofasini 
shakllantirishga yordam beradi, emotsional munosabatni oshiradi hamda eng asosiysi 
o’z ustida ishlash imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, metod va ta’lim vositalari doim birgalikda qo’llanilib 
kelinsa, barcha o’z maqsadiga erishgan va o’zi xohlagan narsani o’quvchiga yetkaza 
olgan bo’ladi. Ta’lim berishda bu ikki tushunchaning yoki usulning o’rni nihoyatda 
katta. 
Yillar davomida o’qitish metodlari ko’payib, yangilanib, samara bermayotgan esa 
yo’qolib borayabdi. Bu shu narsadan dalolatki, qancha metodlar ko’p bo’lishiga 
qaramay tinib tinchimas xalq izlanmoqda. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin