Ta'limda tadqiqot usullari reja


Ta‘limning amaliy usullari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə4/6
tarix15.03.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#88025
1   2   3   4   5   6
TA\'LIMDA TADQIQOT USULLARI

Ta‘limning amaliy usullari. O’qitishning amaliy usullariga yozma mashqlar (masalalar yechish, chizmalar tayyorlash), tajriba – laboratoriya tipidagi mashqlar (frontal tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliyot, o’qitishning texnik vositalari va boshqalar); mehnat topshiriqlarini bajarish usullari kiradi. Amaliy metodlar o’qitishning og’zaki va ko’rsatmali metodlari bilan uzviy birlikda qullaniladi. O’qitishning amaliy usullaridan foydalanishning ijobiy tomoni o’quvchilarni tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni mustaqil kuzatishga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularda mustaqillik, faollik va tashabbuskorlik ortadi. Amaliy ish tajribalari – ko’nikma, malakalari, hosil qilinadi va mehnat madaniyati rivojlanadi.
Ta‘limning muammoli-izlanish va reproduktiv usuli.
O’qitishningreproduktivvamuammoli-izlanishusullario’quvchilarningyangitushuncha, hodisavaqonunlarnibilishdagiijodiyfaolliklaridarajasinibaholashasosidaqismlargaajratiladi. Reproduktiv usullar birinchi navbatda, o’quvchilarning o’quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta‘minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi. Reproduktiv tipidagi amaliy mashqlar shunisi bilan farqlanadiki, bu ishlarning davomida o’quvchilar namunaga ko’ra ilgari yoki yaqindagina o’zlashtirilgan bilimlarni qo’llaydilar.
Muammoli vaziyat - o’quvchining ma‘lum psixik holatidir. Bunday holat ma‘lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi. O’quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik, o’tkir zehnlilik, mustaqillik, o’qishga qiziqish va mustaqil izlanish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli.O’qitishning induktiv va deduktiv metodlari o’quv materiali mazmunining xarakteri va mantig’ini yoritish usulidir. Induktiv metodda o’qituvchi avval faktlarni tushuntiradi, tajribalarni, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish qiladi va umumlashtiradi.
Deduktiv metod - o’qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta‘riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishda xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o’tishning qaysi birini tanlashni anglatadi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin