Ta'limda tadqiqot usullari reja


Ta‘lim usullarining turlari



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə2/6
tarix15.03.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#88025
1   2   3   4   5   6
TA\'LIMDA TADQIQOT USULLARI

10. 2. Ta‘lim usullarining turlari.
Ta‘lim usullarini tasniflashda o’quvchiga dastur materiallarini o’rganishning maqsadga muvofiqroq yo’llarini tanlash imkonini yaratadi, o’z ishidagi yutuq va kamchiliklarini tushunishda yordam beradi, o’qituvchining faoliyatini takomillashtirish uchun qulay sharoit vujudga keltiradi.
Ta‘lim tizimida o’quvchilarga bilim berishning eng qulay imkoniyatlarga asoslangan holda o’qitish usullarini quyidagi turlarga bo’lib o’rganamiz.
1. Ta‘limning og’zaki usullari.
2. Ta‘limning ko’rgazmali usullari.
3. Ta‘limning amaliy usullari.
4. Ta‘limning muammoli-izlanish va reproduktiv usuli.
5. Ta‘limning induktiv va deduktiv usuli.
6. O’quvchilarning o’quv faoliyatlarini rag’batlantirish va tanbeh berish usullari.
7. O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish usuli.
8. Kitob bilan ishlash usuli.
Ta‘limning og’zaki usullari. O’qitishning og’zaki usullari ta‘limda doimo eng ko’p qo’llanib kelinmoqda. Didaktikada o’qitishning og’zaki usullari uch turga: o’qituvchining hikoyasi, suhbat va maktab ma‘ruzasiga ajratiladi. Og’zaki bayon qilish usulida ikki faoliyatning, ya‘ni bir tomondan o’qituvchining o’quv materiallarini mohirlik bilan og’zaki bayon qilib berishi va ikkinchi tomondan, bayon qilinayotgan materiallarni o’quvchilar diqqat bilan tinglab, ongli va mustahkam o’zlashtirishlari birligiga amal qilinadi. Og’zaki bayon qilishda (tushuntirishda) o’qituvchi o’quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb etishi va bilishga doir ishlarni faollashtirish zarur.
Hikoya. Bu usul maktab ta‘limining hamma bosqichlarida qo’llaniladi. Boshlang’ich sinflarda bu juda qisqa va aniq, yuqori sinflarda esa katta materiallarni bayon qilishda to’liq hikoyadan foydalaniladi. Hikoya yakunlangach, u suhbat va tushuntirishlar bilan to’ldiriladi.Hikoyada o’qituvchining nutqi yorqin, aytgan so’zlari bolalarga tushunarli bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, hikoya qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga oid omil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir.
O’quv materiallarini tushuntirish - o’qituvchi tomonidan o’tilayotgan mavzuning mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, ta‘rif, qonun va qoidalarni uqtirishdir.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin