Ta'limga qo'yiladigan zamonaviy talablar


Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 104 Kb.
səhifə4/6
tarix28.12.2021
ölçüsü104 Kb.
#48096
1   2   3   4   5   6
1443936954 61673

Falsafiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Yunoncha sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta’limot so’zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya» atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o’ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi.

Yuqorida qayd etilganidek, inson haqidagi falsafiy ta’limotlar qadimda vujudga kelgan va butun falsafa tarixi orqali o’tadi. Konfutsiy, Suqrot, Geraklit, stoiklar, kiniklar, Avgustin, Foma, Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy, Dekart, Russo, Kant, Feyerbax, Nitsshe va boshqalar insonning falsafiy, nazariy obrazini yaratib, falsafiy antropologiya falsafiy bilimning mustaqil bo’limi sifatida vujudga kelishi uchun zamin hozirladi.

SHu ma’noda falsafiy antropologiyaning ilk ildizlariga XVIII asr frantsuz materialistlarining asarlarida duch kelish mumkin. Ammo Kant, shuningdek, insonning mohiyati muammosini falsafaning «birdan-bir, universal va oliy» predmeti darajasiga ko’taruvchi antropologik tamoyillarni falsafaga kiritgan va asoslab bergan Feyerbax sa’y-harakatlari bilan falsafiy antropologiya mustaqil falsafiy fan sifatida shakllana boshladi.

Falsafiy antropologiya XX asrning 20-yillarida asosan M.SHeler, A.Gelen, X.Plesner asarlari ta’sirida uzil-kesil vujudga keldi. Xususan, M.SHelerning «Insonning kosmosdagi o’rni» asarida inson haqida fundamental fan yaratish lozimligi qayd etiladi va uni falsafiy bilish dasturi taklif qilinadi. Muallif fikriga ko’ra, insonni yaxlit falsafiy bilish inson borlig’ining turli jabhalariga nisbatan olingan muayyan ilmiy natijalar bilan birikishi lozim.

M.SHeler falsafiy antropologiya insonning yaxlit kontseptsiyasini yaratib, uni muayyan ilmiy, falsafiy va diniy jihatdan anglab yetishda birlashtiruvchi rol o’ynashi lozim, deb hisoblaydi. U «Falsafiy antropologiyaning vazifasi insonning barcha o’ziga xos monopoliyalari, ishlari va amallari: til, vijdon, asboblar, qurol... davlat, rahbarlik, mif, din, fan... inson borlig’ining asosiy strukturasidan qanday kelib chiqishini aniq ko’rsatib berishdan iboratdir»1, deb qayd etadi.


Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin