77
etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq xodimlarni tayyorlashga
da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimini yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi.
Mamlakatimiz Oliy Majlisi IX sessiyasi tomonidan 1997-yil 29-avgustda
qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq ta’limning maqsad,
mazmun, vazifalar, boshqarishni tashkil etish va xalqimizning milliy-madaniy
an’analariga mos keladigan tamoman yangicha «ta’limiy xizmat»ni shakllantirish
yo‘lga qo‘yilgan. Bunday ta’limning metodologik negizida respublikamizning
birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizning
istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va
yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy
zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon
andozalari darajasiga chiqarish» degan g‘oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa,
har bir shaxsning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, takomillashtirish orqali
jamiyatning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish tashkil qiladi. Ana shunday
konseptual g‘oyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maktabni, shaxs va jamiyatni
rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga olib
demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan
mexanizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limida ham tayanch o‘quv
tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limida bo‘lgan
ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxsiy imkoniyati mayli
o‘rtasidagi tafovutni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi g‘oya va fikrlar
hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va
tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi.
Dostları ilə paylaş: