166
Darsning maqsadi va o‘quv materiallari mazmuni, o‘quvchilarning
tayyorgarligi (mavjud tayanch bilim va ko‘nikmalar, o‘quvchilarning bilish
qobilyatilari) zarur ta’lim metodlari va vositalarini tanlashni taqozo etadi.
Agar o‘quvchilarda tayanch bilim va ko‘nikmalar bo‘lmasa, tasvirli
tushuntirish yoki muammoli bayon metodini qo‘llash yaxshi natija beradi.
Qachonki, o‘quvchilarda oldingi o‘rganilgan kurslardan nazariy bilim va
ko‘nikmalar bo‘lsa, birinchi o‘rinda reproduktiv va qisman izlanuvchan muammoli
metodlarni tanlash mumkin. Agar o‘quv materiali ijodiy va muammoli
topshiriqlarni shakllantirishni talab etsa, bunday paytda ta’limning tadqiqot
metodini qo‘llagan ma’qul. Ta’lim metodlarini tanlash har bir dars uchun o‘ziga
xos xarakterga ega. Har darsda bir necha xilma-xil metodlar qo‘llaniladi.
Geografiya o‘qituvchisi o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, metod
tanlaydi. Demak, ta’lim metodlari va vositalarini belgilash darsning maqsadi va
mazmuniga,
o‘quvchilarning bilim darajalariga, ularning o‘zlashtirish
qobiliyatlariga, shuningdek, o‘quv qurollarining mavjudligiga bog‘liq. Eng
muhimi, tanlab olingan ta’lim vositalari va metodlari bilimlarni to‘g‘ri, ilmiy
asosda o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak. Geografiya darslarida fanlararo aloqalar
o‘rnatish, ekologik-iqtisodiy tarbiya yo‘nalishlarini amalga oshirish dars
samaradorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: