160
yo‘li bilan ham o‘quvchilarning tabiiy geografik obyektlar to‘g‘risida olgan
tasavvurlari va bilimlari tekshirib ko‘riladi.
Yozma tekshirish usuli. Bu usul o‘quvchilarning
bilimini aniqlash
maqsadida o‘tkaziladi. Bunday tekshirishlar kundalik dars hamda katta mavzular
va bilimlar yuzasidan o‘tkazilishi mumkin. Yozma tekshirishda o‘quvchilarning
karta bilan ishlashga doir ko‘nikma va malakalarini aniqlashga alohida e’tibor
berish lozim. O‘zbekistondagi ilg‘or geografiya o‘qituvchilarining “kartadan
sharhlash” usulida olib boradigan yozma ishlari diqqatga sazovordir. O‘quvchilar
bilimini yozma tekshirishda jadvallar to‘ldirish, “karta sayohat”ni yozma tasvirlash
va geogrifik diktantdan foydalanish mumkin. Matn usulidagi topshiriqlar bir
qancha Blis so‘rovdan iborat bo‘ladi: Javob berishda raqamlar o‘rnini almashtirish,
qisqacha javob yozish, yoki chizib qo‘yish bilan kifoyalanishi kerak. Test usulida
tekshirish o‘quvchilarning haqiqiy bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga yordam
beradi. Geografik diktant o‘quvchilarning geografik tasavvurlarini kengaytiradi,
ularni topqirlik va xozir javoblikka o‘rgatadi. Yozma ish olingandan so‘ng
navbatdagi darsdayoq uning natijasini, ya’ni baholarini eshittirish lozim.
Amaliy tekshirish usuli. Bu usul qisqa (10 minut chamasi)
vaqt ichida
barcha o‘quvchilar bilimini aniqlash va baxolashga yordam beradi. Amaliy
tekshirishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
1.
Kartada bajariladigan ishlar va mashqlar - o‘quvchilarning kartada mo‘ljal
olishlari, kartaning masshtabi, karta va globusdagi gradus turlaridan foydalana
olishlarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Kartada aniqlangan o‘lchov natijalari
bilan globusda aniqlangan o‘lchov natijalari solishtiriladi.
2.
Topografik diktant - o‘quvchilarning topografik karta belgilarini qay darajada
bilib olganliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, daftarda yoz
paytida o‘tkazilgan sayohat marshruti va atrofdagi joylarni tasvirlash mumkin.
3.
Geografik topshiriqlar. Bunday topshiriqlarning mazmuni xilma - xil bo‘lishi
mumkin. Havo temperaturasi har 100m. balandga ko‘tarilgan sari 0,6 soviy
boshlasa 3450 m. balandlikka ko‘tarilgandan keyin necha gradus bo‘ladi?
4.
Kartalarni solishtirish. Bu usul o‘quvchilarni
karta bilan ishlashga, ularni
xayolda fikran solishtirishga o‘rgatish maqsadida qo‘llaniladi va o‘quvchilar
bilimini tekshirishda foydalaniladi.
5.
Yozuvsiz karta bo‘yicha berilgan topshiriqlar. Yozuvsiz kartalardan geografik
diktantlardan tashqari nazorat topshiriqlar uchun ham foydalanishi mumkin.
6.
Asboblar yordamida ko‘nikmalarni tekshirish. Bu usulda o‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalari - ruletka, playshet, kompas, termometr, flyuger, qor qalinligini
o‘lchaydigan reyka, gnomon, skafis kabi asboblar bilan aniqlanadi.
7.
O‘quvchilarning bilimi butun dars jarayonida hisobga olinib, dars oxirida
baholanadi, bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
161
a) o‘rganilgan mavzuni yaxshi bilishiga;
b) qonuniyatlarni tushunib olishiga;
v) javobni o‘lka materiallari bilan bog‘lay olishiga;
g) yangi o‘rganilgan mavzuni ilgari o‘rganilgan mavzularga bog‘lab javob
qaytarishga;
d) kartani o‘qiy bilishiga;
e) mustaqil va ishonch bilan javob berishiga.
Bilimni tekshirish va baholash - o‘qituvchidan
qunt va mahorat talab
qiluvchi ta’limning murakkab qismidir. Ta’limning texnika vositalaridan, xususan,
o‘rgatish va bilimni tekshirish uchun qullaniladigan yangi nazorat mashinalaridan
foydalanish esa vaqtni ko‘p oladigan bu jarayonni avtomatlashtirishga imkon
beradi. Xozirgi vaqtda maktab o‘quvchilarining bilim va malakalarini nazorat
qilish va baholashda “Ekzamenator”, “Ogonok”, “TE-3”, “AKPO”, “ASPK- 7B”,
“O‘zbekiston”, “TEMP -2M” va boshqa mashinalar hamda eng dasturlashtirilgan
nazorat qurilmalari, perfokartalardan foydalanilmoqda. Bu vositalarning vazifasi
maxsus nazarat dasturlari yordamida o‘quvchilarning o‘quv materialini qay
darajada o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida axborot olishdir.
Bu mashina boshqa
nazorat qilish mashinalariga ko‘ra ancha qulaydir. U bilan butun sinfni 5 minut
ichida so‘roqlash va natijada olingan axborotni 4 minut ichida tekshirish va
baholash mumkin. O‘quvchilarning geografik bilim va malakalarni tekshirish va
baholash uchun turli variantlarda test dasturlari tuziladi. Har bir o‘quvchida
bittadan indentifikatsion kartalar bo‘lib,ularda 1 dan 6gacha Blis so‘rov nomeri va
1dan 4 gacha javoblar nomeri hamda 1 dan 6 gacha variantlar nomeri bo‘ladi.
O‘quvchilarning familiya, ism, sinfi va jurnaldagi nomeri identifikatsion kartaning
tashqi qismiga yozib, o‘quvchilarga test Blis so‘rovi bilan birga tarqatiladi.
O‘quvchi Blis so‘rovga to‘g‘ri javob nomerlarini aniqlab, panelning mos nomeriga
tug‘ri kelgan kontaktni qalam bilan bo‘yab belgi qo‘yadi.
O‘quvchi kartalarni yig‘ishtirib olib, mashinadagi to‘g‘ri javoblar kodi va
variant nomerlarini moslagan holda mashinaga joylashtiradi. So‘ng baho dastagini
bosadi. Mashina ko‘rsatkichida o‘quvchining variant raqami va to‘g‘ri javob
raqamiga to‘g‘ri keladigan baho aks etadi. Mashinaga kiritilgan qalamda qo‘yilgan
belgilar o‘chirg‘ich bilan o‘chirilib, qayta ishlatilish mumkin.
Agar maktabda
nazorat qiluvchi va baholovchi mashinalar bo‘lmasa, ularning vazifasini
perfokartalar ham bajarishi mumkin. Buning uchun 14x20 sm kattalikda karton
qog‘oz olinib, quyidagicha teshiklar hosil qilinadi.
Ushbu perfokartadan xar bir o‘quvchiga 1tadan tayyorlanadi. Perfokartadan
foydalanish quyidagi tartibda bajariladi.
1.
Perfokartaning orqa tomaniga qisqich yordamida oq qog‘oz yopishtiriladi va uni
test dasturi bilan birga o‘quvchilargi beriladi.
162
O‘quvchi perfokartaning teshiklariga o‘z ismi, familiyasi, sinfi, variant nomerini
yozadi. So‘ngra o‘quvchi to‘g‘ri javob nomerlarini
perfokartaning mos nomeriga
qalam bilan belgi qo‘yadi.
Ismi va familiyasi
Sinfi
Variant №
Dostları ilə paylaş: