164
2.
Ekskursiya mavzusi.
3.
Ekskursiyaning maqsadi.
4.
Ekskursiya uyushtiriladigan joy, marshruti va kuzatish obyektlari.
5.
Ekskursiya uchun tegishli o‘quv qurollari.
6.
Ekskursiyaning o‘tgazilishi:
a) o‘qituvchining axboroti;
b) o‘quvchilar olib boradigan kuzatishlar, tadqiqotlar va o‘rganadigan
qonuniyatlar;
v) tog‘ jinsi, tuproq, o‘simlik va mayda hayvonlar namunalarini to‘plash; g)
rasm va sxemalar chizish.
7.Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish:
a) ekskursiya marshrutini chizish;
b) chizma va fotorasmlarni tayyorlash;
v) o‘lkani o‘rganish muzeyi (yoki burchagi) ga material tayyorlash;
g) devoriy gazeta uchun maqola yozish.
O‘qituvchi ekskursiyaga chiqishdan avval o‘quvchilarning qayerga qachon
yig‘ilishlari haqida, ekskursiya vaqtida ular qanday ishlar bajarishlari, ekskursiya
uchun zarur o‘quv qurollari va ularni ishlatish yo‘llari haqida tushuntiradi.
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘ladi. Agar ekskursiya marshruti va ko‘lami kichik
bo‘lsa, barcha guruhlar o‘zlari uchun ajratilgan maydonlarga bo‘linib,
o‘qituvchining ko‘rsatmasiga muvofiq o‘zlariga topshirilgan topshiriqlarni
bajaradilar. Ekskursiyada mo‘ljallangan ishlar bajarilib bo‘lgach, o‘qituvchi
o‘quvchilarni marshrut bo‘ylab olib o‘tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko‘lami
katta bo‘lsa, barcha o‘quvchilar bir marshrut yo‘nalishi bo‘ylab boradilar.
Ekskursiya so‘ngida yakunlovchi yig‘ilish yoki konferensiya o‘tkaziladi,
bunda o‘quvchilar qilingan ishlar haqida axborot beradilar, to‘plangan
materiallarni ko‘rsatadilar. Ekskursiyada to‘plangan materiallar - kolleksiyalar,
gerbariylar bilan maktabning geografiya xonasini jihozlaydi.
Dostları ilə paylaş: