Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Lab ranglar tizimi qanday ishlaydi?
Lab ranglar tizimidagi har bir parametr nimani anglatadi?
Ranglar palitrasi bilan qanday ishlanadi?
PhotoShopga biror tasvir yuklang. Uning ranglar tizimini boshqala- riga o‘tkazing va yangi nom bilan saqlab qo‘ying.
Yarim tusli ranglar tizimida saqlangan oq-qora suratning qayta rang- li tizimga o‘tkazing va undagi o‘zgarishlami izohlang. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism: Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvir- ning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglaming tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.
Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Каналы (Kanallar) bandini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo‘sh- tugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko‘k kanalga Ctrl+5 qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ulami navbatma-navbat bosib, rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.
CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. Ulami ko‘rsatish uchun tasviming ranglar tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Birning uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo‘limining birinchi bandi - Режим (Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz. Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab qo‘yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:
Bo'limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi filtrlami yuklab olish mumkin. Filtrlaming qo‘llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделение края (Chetini ajratish) va Тиснение (0‘yib chiqish) filtrlaridir:
Quyidagi rasmlarda Искажения (Buzilish) guruhidagi Дисторсия (Egri- lash) va Зигзаг (Egri-bugri) filtrlarining qo‘llanishi ko‘rsatilgan.