Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuktai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli xisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda ukuvchilarni ommaviy kamrab olish, tashkiliy tartib va ukuv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iktisodiy jixatdan foydalidir. Ukuvchilar xamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi ukituvchi uchun xar bir ukuvchi faoliyatiga ragbatlantiruvchi ta’sir kursatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruxli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bulmaydigan ustunligi xisoblanadi.
Dars bevosita ukituvchi raxbarligida anik belgilangan vakt davomida muayyan ukuvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda xar bir ukuvchi xususiyatlarini xisobga olish, barcha ukuvchilarning mashgulot jarayonida urganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish kobiliyatlari va ma’naviy-axlokiy sifatlarini tarbiyalash xamda rivojlantirish uchun kulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshka shakllaridan fark kiluvchi uziga xos belgilarga ega, chunonchi: ukuvchilarning doimiy guruxi, ukuvchilar faoliyatiga ularning xar biri xususiyatlarini xisobga olish bilan raxbarlik kilish, urganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning fakat mazmunini emas, balki uz xususiyatini xam aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bulishi mumkin. Bu ukuv materialining mazmuni, darsning didaktik maksadi, ukuvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga boglik..
Zamonaviy didaktikada dars kuyidagi turlari ajratib kursatilgan:
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, anik xodisalar bilan tanishish buyicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va uzlashtirish maksadiga ega darslar;
urganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maksadiga ega darslar;
malaka va kunikmalarni ishlab chikish va mustaxkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini urganish darsi;
uz tuzilishi buyicha oddiy bulgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maksadga ega bulgan dars turlari (urta va katta sinflarda kullash uchun mos keladi).
Boshlangich sinflarda ukuvchilar yoshlarini xisobga olib ukuv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari urganilganni mustaxkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga tugri keladi. Xatto tekshirish darslari xam bu yerda kupincha ishlar boshka turlarini uz ichiga oladi: materialni ogzaki yetkazish. kizikarli xikoyani ukish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinasiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinasiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va ukuvchilar bilan savol-javob, yangi materialni urganish, uzlashtirishini dastlabki tekshirish, mashk misollari davomida yangi bilimlarini mustaxkamlash, ilgari urganilganlarni suxbat kurinishida takrorlash, ukuvchilar bilimlarini tekshirish va baxolash, uyga vazifa berish. Ukuvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (urganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni uz ichiga olgan va uni urganishga kup vaktini talab kiluvchi, ukuvchilarga tanish bulmagan yangi material uning mazmuni bulgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, anik maksadi va ukuvchilarning mustakil ish bajarishga tayyorgarliklariga karab ba’zi xollarda yangi matyerialni uzi bayon etadi. Boshka xollarda esa – ukituvchi raxbarligi ostida ukuvchilarning mustakil ishlari olib boriladi, uchinchi xolda – unisi xam bunisidan xam foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni urganish uchun asos bulgan avvalgi materialni takrorlash. ukituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustaxkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustaxkamlash darslarida ukuv ishining asosiy mazmuni ilgari uzlashtirilgan bilimlarni mustaxkam uzlashtirish maksadida ularni ikkinchi bor tushunib olish xisoblanadi.
Ukuvchilar uz bilimlarini yangi manbalar buyicha anglab oladilar va chukurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bulgan koidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini ogzaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari urganganlarini yanada chukurrok va mustaxkam uzlashtirish maksadida ulardan aloxida masalalar buyicha axborot beradilar. Tuzilishi buyicha bunday darslar kuyidagi boskichlardan utishni kuzda tutadi: uy vazifasini tekshirish, ogzaki va yozma mashklarni bajarish, topshirikni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Kunikma va malakalarni ishlab chikish va mustaxkamlashdarslari bilimlarni mustaxkamlash darslari bilan boglikdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshka darslarda yangi mavzularni urganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashkni bajarish ishlari bolalar tomonidan ukituvchi yordamida va ular topshirikni kanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa kayerda kanday koida kullanilishini ukuvchilarning uzlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va kunikmalarini kullash, shu jumladan, xayotiy amaliyotida kullashni uzlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari utilgan materialdan eng muxim savollari kayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, ukuvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari tuldiriladigan va urganilayotgan kursning muxim goyalari ochib beriladigan darslar xisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bulim va ukuv kurslarining yakunida utkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi xisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning uzi xikoya, kiskacha xabarlar, darslikni ukib berish yoki ukituvchining ukuvchilar bilan suxbatlashishi shaklida utkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari ukituvchiga ukuvchilarning ma’lum soxadagi bilim, malaka va kunikmalari shakllanganlik darajasi, ukuv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniklash, shuningdek, navbatdagi topshiriklarning bajarish yullarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari ukuvchidan ushbu mavzu buyicha uning xamma bilim, kunikma va malakalarini kullashini talab etadi. Tekshirish ogzaki xamda yozma shaklda xam amalga oshirilishi mumkin.
Yukorida ifodalangan xamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy boskich xisoblanadi. Tashkiliy boskich maksadlarni kuyish va ularni ukuvchilar tomonidan kabul kilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, ukuv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab kolish yuzasidan beriladigan kursatmalarni shakllantirishni kuzda tutadi. Darsga yakun yasash boskichida maksadlarga erishish kayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka ukuvchilarning aloxida ishtiroki belgilanadi, ishlari baxolanadi va istikbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik xodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bulgan talablarda uzining anik ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar kuyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilgor yutuklari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni ukuv-tarbiyaviy jarayon konuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va koidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
ukuvchilarning kizikishlari, layokati va talablarini xisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta uzlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
ukuvchilar anglab yetadigan fanlararo boglikliklarni urnatish;
ilgari urganilgan bilim va malakalari, shuningdek, ukuvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning xar tomonlama rivojlantirishni motivasiyalash va faollashtirish;
ukuv-tarbiyaviy faoliyat barcha boskichlarining mantikiyligi va emosionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, kunikma va malakalar, fikrlash va faoliyat rasional usullarini shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish extiyojini yuzaga keltirish;
xar bir darsni puxta loyixalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin kilish.
Xar bir dars kuyidagi uchta asosiy maksadga erishishga yunaltiriladi: ukitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni xisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda anik ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga xar bir darsning ta’lim vazifalarini anik belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy extiyojlarni xisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va kurinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga ukuvchilar mustakil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ kayta alokani ta’minlash, amaliy nazorat va boshkaruvni amalga oshirish, ilmiy muljal va darsni maxorat bilan utkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan kuyilavdigan tarbiyaviy talablar ukuv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniklash, darsdagi faoliyat, anik erishilishi mumkin bulgan tarbiyaviy maksadlarni shakllantirish va kuyish, fakat ukuv ishlari maksadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chikadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, ukuvchilarni umuminsoniy kadriyatlarda tarbiyalash, xayotiy muxim sifatlar (tirishkoklik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustakillik, ish bajarishga kobiliyatlilik, e’tiborlilik, xalollik va boshkalar)ni shakllantirish, ukuvchilarga dikkat-e’tiborli munosabatda bulib, pedagogik odob talablariga amal kilish, ukuvchilar bilan xamkorlik va ularning muvaffakiyat kozonishlaridan manfaatdor bulishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga ukuvchilarda ukuv-urganish faoliyati ijobiy sifatlari, kizikish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish xamda rivojlantirish, ukuvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini urganish, xisobga olish, “rivojlanishning yakin zonasini loyixalashtirish”, “uzib ketish” darajasidagi ukuv mashgulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi uzgarishlarni ragbatlantirish, ukuvchilarning intellektual, emosional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan kura bilish, boshlanayotgan uzgarishlarni xisobga olish asosida ukuv mashgulotlarini operativ kayta kurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari urtalarida milliy maktablarda ukuvchilarning mashgulotlarga kizikishlarining pasayish xavfi aniklandi. Muammoni bartaraf etish maksadida nostandart darslarning tashkil etilishiga aloxida e’tibor karatildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizasion ukuv mashgulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni taxlil kilish nostandart darslarning unlab turlari mavjudligini kursatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy uyinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy xisobotlar, musobakalar, KVN turidagi uyinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, xakikatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshkalar kuzga tashlanadi.